Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir sutkada dunyo bo‘yicha koronavirusdan zararlanish holatlari soni rekord miqdorda qayd etildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘tgan sutkada koronavirusdan zararlanish bo‘yicha 228 mingdan ortiq holatni qayd etdi.
Bu pandemiya boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bungacha eng ko‘p holat 4 iyulda qayd etilgandi. Shu kuni dunyo bo‘yicha 211 ming kishida COVID-19 aniqlangan.
Ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 12 milliondan oshib ketgan.
Avvalroq AQShning bosh infeksionisti Entoni Fauchi Italiyaning Corriere Della Sera nashriga bergan intervyusida koronavirus pandemiyasi endigina boshlang‘ich bosqichda ekanini aytgandi.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022