AQŞning boş infeksionisti Entoni Fauçi Italiyaning Corriere Della Sera naşriga bergan intervyusida koronavirus pandemiyasi endigina boşlanğiç bosqiçda ekanini aytdi. 

Uning ta'kidlaşiça, virus Braziliya, JAR va Osiyoda jadal tarqalmoqda va şu sababli koronavirus bilan boğliq vaziyat yomonlaşmoqda.  

“Biz Braziliya, JAR va Osiyoda yirik avj olişlarni körmoqdamiz, şu sababli global pandemiyaning boşlanğiç bosqiçida qolmoqdamiz. U ehtimol kuçsizlanişdan oldin kuçayadi”, deb aytgan Fauçi.

Mutaxassisning aytişiça, virus vaqt ötişi bilan kuçsizlanişining heç qanday isboti yöq. “Koronavirus uni uşlab turişning işonçli çoralari körilmagunça yoki vaksina işlab çiqilmagunça biz bilan qoladi”, deb aytgan infeksionist.

Fauçi vaksinaning işlab çiqilişi muddatlari haqida gapirib, bu ehtimol 2020 yil oxiri yoki 2021 yil boşida yuz berişini aytgan. U AQŞda hali ham koronavirus bilan boğliq vaziyatni nazorat ostiga olişga muvaffaq bölinmaganini tan olgan. 

“Ba'zi ştatlar çeklovlarni yumşatib, iqtisodiy faoliyatni juda tez tiklaşga uringani yomon böldi. Köplab odamlar, ayniqsa yoşlar karantin tavsiyalariga rioya qilmadi. Natijada biz Kaliforniya, Arizona, Florida va Texasda yangi kasallaniş holatlari soni köpayayotganini kuzatmoqdamiz”, deb ta'kidlab ötgan mutaxassis. 

Fauçi pandemiyaga qarşi barça davlatlar muvofiqlaşgan holda harakat qilişi lozimligini ta'kidlab ötgan. U, şuningdek, JSSTning virusga qarşi kuraşdagi ahamiyatini qayd qilib ötgan. Mutaxassisning ta'kidlaşiça, uşbu taşkilot kamçiliklarga qaramasdan dunyoga kerak.