Kim Chen Inning singlisi Shimoliy Koreya-AQSh sammiti befoyda ekanini aytdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining uchrashuvi faqatgina Vashington uchun kerakligini aytdi.
“Ayonki, Shimoliy Koreya-AQSh sammiti kimgadir kerak bo‘lsa ham bu AQShdir. Biz bunday hodisaga [sammitga] mutlaq behuda va befoyda hodisa sifatida qarashimiz kerak”, deb aytgan Kim Chen Inning singlisi.
Uning aytishicha, Pxenyanning bu boradagi fikri AQSh “chuqur qarama-qarshilik va hal qilinmayotgan ziddiyatlar” masalasida o‘z so‘zlash ohangini o‘zgartirsagina o‘zgarishi mumkin.
Bundan tashqari, Kim Yo Chjon joriy yilda ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi o‘tishi mumkinligini rad etgan.
Iyunda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Son Gvon AQSh va Shimoliy Koreya munosabatlari “umidsizlik nuqtasiga” yetganini aytgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton Tramp navbatdagi prezident saylovlari arafasida Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazishi mumkinligini aytgan.
Bu orada Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligining AQSh bo‘yicha departamenti boshlig‘i Kvon Chjon Gin ikki davlat o‘rtasida sammit o‘tishi mumkinligi haqidagi gaplarni asossiz deb atagan.
Donald Tramp va Kim Chen Inning ilk uchrashuvi 2018 yil 12 iyunda Singapurda bo‘lib o‘tgandi. Unda Vashington tomonidan Shimoliy Koreya xavfsizligi kafolatlanishi evaziga Koreya yarimorolini yadroviysizlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
2019 yil fevral oxirida ikki yetakchi Xanoyda besamar yakunlangan yana bir uchrashuv o‘tkazgan.
Ular keyinroq Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi chegara punkti Pxanmunjomda uchrashib, muzokaralarni amaliy darajada tiklashga kelishib olishgan. Biroq Shvetsiya poytaxti Stokholmda ikki davlat ishchi guruhlari o‘rtasida o‘tgan muloqot natija keltirmagan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024