Toshkent viloyati IIBB: Karantin qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy jazo belgilangan
So‘nggi kunlarda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aholisi orasida aniqlanishi ortib borayotgani bois, 2020 yil 10 iyuldan 1 avgustga qadar qat'iy karantin cheklovlari o‘rnatilib, muayyan choralar ko‘rilishi e'lon qilindi. Shu munosabat bilan Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati, fuqarolardan bo‘layotgan murojaatlarga javoban, karantin qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatdi.
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash (karantin) qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, fuqarolarga 4 million 460 ming so‘mdan 6 million 690 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 6 million 690 ming so‘mdan 11 million 150 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, agar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa:
11 million 150 ming so‘mdan 22 million 300 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar o‘sha harakatlar odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati 5 yildan 7 yilgacha etib, bir qancha odamlarning o‘limiga sabab bo‘lsa – 7 yildan 10 yilgacha etib belgilangan. Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida aholi orasida asossiz vahima va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatish:
BHMning 200 baravarigacha (44 million 600 ming so‘m) miqdorda jarima;
300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Mazkur ma'lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki OAV, shuningdek Internet orqali tarqatish:
BHMning 200 baravaridan (44 million 600 ming so‘mdan) 400 baravarigacha (89 million 200 ming so‘m) miqdorda jarima;
300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sizning xavfsizligingiz va osoyishtaligingiz yo‘lida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlarining qonuniy talablarini to‘g‘ri qabul qilgan holda, o‘zingiz va o‘zgalar salomatligi va xavfsizligi uchun o‘rnatilgan cheklovlar va karantin qoidalariga qat'iy amal qiling!
Mavzuga oid
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022
Angliyada uy parrandalariga lokdaun e’lon qilindi
12:45 / 19.07.2022