«Maxsus komissiya qarorlari normativ-huquqiy hujjat emas» - vazir o‘rinbosari
Shu boisdan ham bu hujjatlar majburiy e'lon qilinishi shart emas, deb bayonot berdi Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov.

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda bugungi kunda tug‘ilayotgan qator savollarga javob berarkan, maxsus komissiya qarorlari nega ommaga e'lon qilinmasligiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Vazir o‘rinbosarining ma'lum qilishicha, mamlakatga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha ishlarga maxsus kuch va vositalarni jalb qilish va safarbar etish bilan bog‘liq bandlar kiritilganligi sababli va ular davlat manfaatlariga va xavfsizligiga zarar yetishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi tufayli Respublika maxsus komissiyaning qarorlari to‘lin e'lon qilinmayapti.
«Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini qiziqtirayotgan bir masala O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi va Maxsus komissiyaning keyingi qarorlari (protokollari) to‘liq shaklda e'lon qilinmayotgani va ularning yoritilishidir.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlangan edi, ammo quyidagi obektiv va mantiqiy sabablarga ko‘ra e'lon qilinmagan:
- Dastur birgina hujjatdan iborat emas, u o‘z ichiga kompleks chora-tadbirlarni oladi, normativ-huquqiy hujjat ham emas va shunga ko‘ra, majburiy e'lon qilinishi shart emas;
- unga mamlakatimizga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha ishlarga maxsus kuch va vositalarni jalb qilish va safarbar etish bilan bog‘liq bandlar kiritilgan bo‘lib, davlat manfaatlariga va xavfsizligiga zarar yetishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi tufayli ushbu ma'lumotlarni oshkor qilish maqsadga muvofiq emas;
- hujjatda vazirlik va idoralarga fuqarolarning sog‘ligi va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan muayyan vazifalarni bajarish bo‘yich asosan tashkiliy choralar ko‘zda tutilgan;
- Dastur yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi, umummajburiy qoidalar kiritilishini ko‘zda tutmaydi.
Ta'kidlash joizki, koronavirusning oldini olish va unga qarshi kurash dastur qabul qilish bilangina cheklanib qololmaydi, bu Maxsus komissiyaga yuklatilgan keng ko‘lamli vazifalarni bajarish yo‘lidagi faqatgina birinchi qadamlardan biri edi.
Dastur – kechiktirib bo‘lmaydigan choralar majmuasidir, mazkur masalada qabul qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining hujjatlari, hukumat qarorlari, maxsus komissiya qarorlarining barchasi dasturni to‘ldiradi.
Koronavirusga qarshi kurash jarayoni sodir bo‘layotgan voqealarga tezkor munosabat bildirish va epidemiologik vaziyatning o‘zgarishiga nisbatan safarbarlik va boshqa rezervlarni ishga solish bo‘yicha qarorlarni kechiktirmasdan qabul qilish lozimligini ko‘rsatdi, bu boradagi ma'lumotlar esa cheklangan xarakterga egadir.
Shu bois, maxsus komissiyaning protokollari ham qisqartirilgan ko‘rinishda e'lon qilinadi. Protokollarning aholi va yuridik shaxslarga taalluqli qismlari rasmiy axborot ko‘rinishida majburiy tartibda mavjud barcha kommunikatsiya kanallari orqali tarqatiladi», dedi Muzraf Ikromov o‘z nutqida.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
O‘zbekiston | 11:28
-
Telegram Rossiyada 7 million rubl jarimaga tortildi
Jahon | 11:27
-
Audi AQShga avtomobil yetkazib berishni bojlar tufayli to‘xtatdi
Jahon | 11:15
-
Minglab isroilliklar hukumatga qarshi namoyishga chiqdi
Jahon | 11:14
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda

22:24 / 07.11.2022