Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning 7 ta yirik daryosida tibbiy niqoblar va qo‘lqoplardan iborat chiqindi aniqlandi
Yevropaning yirik daryolarida ekologlar “koronachiqindi”ni aniqlashdi. Tibbiy chiqindilar nafaqat tabiatni ifloslantiradi, balki yuqumli kasallik tarqalishi manbasiga aylanishi mumkin.
Yevropadagi 7 ta yirik daryoda tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar aniqlangan. Bu haqda suv resurslarini monitoring qilish jamg‘armasi Tara Ocean vakili Roma Xetinger ma'lum qildi.
Mutaxassis gap qaysi daryolar haqida borayotganiga oydinlik kiritmagan, biroq jamg‘arma Temza, Elba, Reyn, Sena, Ebro, Rona, Tibr, Garonna va Luara kabi daryolarni o‘rganadi.
Xetinger France Inter radiostansiyasi efirida iyunda daryolarni o‘rgangan mutaxassislar muntazam ravishda ularda himoya vositalarini aniqlashganini ma'lum qilgan. Mutaxassis propilendan tayyorlangan qo‘lqoplar va bir martalik niqoblar tez parchalanib ketishiga umid bildirgan, biroq ushbu chiqindi dengizga tushgan bo‘lishi mumkin.
“Bunday ma'lumotlar kelajak uchun xavotir uyg‘otadi, chunki ularga ko‘ra, chiqindilar dengizga tushgan bo‘lishi mumkin”, deb aytgan Xetinger.
Daryolarni o‘rgangan suzuvchi laboratoriya sardori Marten Ertoning ta'kidlashicha, ekspeditsiya barcha daryolardan olingan suv namunalarida dengizda parchalanmaydigan mikroplastik aniqlagan.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026