Hodisa Muğla viloyatining Seydikemer tumaniga qaraşli Çobanlar mahallasida sodir bölgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Özbekiston fuqarosi, 21 yoşli Şoyadbek Halimjonov uydan çiqib, daryoda çömiliş uçun yöl olgan. Uzoq vaqt davomida undan darak bölmagaç, otasi öğlini qidiriş uçun daryo sohiliga borgan.

Daryo böyidan yigitga tegişli kiyimlarni topgan ota zudlik bilan 112 tezkor çaqiruv xizmatiga murojaat qilgan.

Hodisa joyiga jandarmeriya, tez tibbiy yordam, AFAD qutqaruv xizmati, dengiz politsiyasi hamda qidiruv-qutqaruv guruhlari jalb qilingan. Qidiruv işlariga Fethiye sohil qöriqlaş qömondonligi ğavvoslari ham qöşilgan.

Qutqaruvçilar tomonidan daryoda olib borilgan qidiruv işlari natijasida Şoyadbek Halimjonovning jasadi topildi.

Marhumning jasadi voqea joyida ötkazilgan dastlabki körikdan söng sud-tibbiy ekspertizasi uçun morgga yuborildi.

Hodisa yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.