Zarurat bo‘lsa, yana qo‘shimcha cheklovlar e'lon qilinishi mumkin – Adliya vaziri o‘rinbosari
Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kurashda karantin mavjud tartiblar ichida eng mutanosibi bo‘lib turibdi va natija bermoqda. Zarurat bo‘lsa, mazkur tartib doirasida vaziyatga qarab qo‘shimcha cheklovlar kiritilishi ham mumkin.
Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov AOKAda o‘tkazilgan brifingda pandemiya davrida O‘zbekistonda nima sababdan favqulodda vaziyat e'lon qilinmayotganiga izoh berdi.
«Dunyo mamlakatlari tajribasi koronavirusga qarshi kurash natijalari favqulodda holat, favqulodda vaziyat, komendantlik soati, karantinning alohida yoki birgalikda joriy qilinganiga bog‘liq emasligini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston qonunchiligi ham favqulodda holat, favqulodda vaziyat, karantin tartibi kiritilishiga imkon beradi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 19-bandiga muvofiq, prezident fuqarolar xavfsizligini ta'minlashni ko‘zlab, respublikaning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etishi mumkin», deya izoh berdi Muzraf Ikromov.
Vazir o‘rinbosari «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi qonunning 3- va 31-moddalariga binoan, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan ma'muriy, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini ko‘zda tutuvchi cheklovchi tadbirlar, ya'ni karantin kiritilishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Muzraf Ikromovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kurashda karantin mavjud tartiblar ichida eng mutanosibi bo‘lib turibdi va natija bermoqda. Zarurat bo‘lsa, mazkur tartib doirasida vaziyatga qarab qo‘shimcha cheklovlar kiritilishi ham mumkin.
Bundan tashqari, karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimalar maxsus komissiya qarorlariga binoan emas, Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik kodeksiga asosan qo‘llanayotganini, hammasi qonunchilikka muvofiq ekani ham qayd etib o‘tildi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Donald Tramp uchinchi bor AQSh prezidenti etib saylanishi mumkinmi?
Jahon | 19:49
-
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
Jamiyat | 18:55
-
Temu O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashi kerakligi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 18:53
-
Shavkat Mirziyoyev: «Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qilish uchun tarixiy imkoniyat turibdi»
O‘zbekiston | 18:52
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda

22:24 / 07.11.2022