Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«13ta obektga o‘t ketgan» – FVV Yozyovondagi yong‘in tafsilotlarini ma'lum qildi
13 iyul kuni Telegram kanallarida Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanidagi yong‘in aks etgan videolar tarqalgandi. FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, yonma-yon joylashgan 13 ta obektga o‘t ketgan. Yong‘in natijasida jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.

«13 iyul kuni soat 00-25 da Yozyovon tumani Mustaqillik ko‘chasida joylashgan choyxona, savdo do‘konlari, chevarxona hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida jami 200 kv.m yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada do‘konlarning ichki va tom qismi yongan.
Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 00:30 da yetib borib, 00-50 da o‘rab olinib, 02-00 da batamom o‘chirilgan hamda yong‘inga tutash boshqa binolar saqlab qolingan. Yong‘in joyiga 7 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilingan. Yong‘indan 800 kv.m maydon saqlab qolingan», deya FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Murod Sodiqovning qo‘shimcha qilishicha, yong‘in natijasida 4ta maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 4 ta chevarxona, 3 ta savdo do‘koni, 1 ta choyxona va 1 ta somsaxona yongan. FVV mulozimi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim videolarda aytilganidek, 13ta obektga tutash bo‘lgan masjid yong‘indan deyarli talafot ko‘rmaganini ta'kidladi.
«Ayni paytda yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

18:54 / 01.06.2025
FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi

10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

21:32 / 19.05.2025