Fan-texnika | 15:00 / 14.07.2020
6643
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Beeline Uzbekistan va «Jyet Infotizimlari» o‘rtasida kompleksli autsorsing sohasida uzoq muddatli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

«Jyet Infotizimlari» AT kompaniyasi Beeline Uzbekistan (MDH hududidagi «VEON» kompaniyalar guruhiga kiradi) kompaniyasining xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomasini uzaytirdi. Endilikda, ko‘rsatilayotgan xizmatlarga inqiroz va favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini aniqlaydigan, shuningdek, operator xizmatlarini ta'minlovchi resurslarning uzluksizligiga biznes talablarini shakllantiradigan Business Impact Analysis (BIA) qo‘shildi.

Beeline Uzbekistan 12 yildan ortiqroq vaqtdan buyon «Jyet Infotizimlari» bilan hamkorlik qilib keladi.

Yana uch yilga uzaytirilgan ko‘p yillik autsorsing shartnomasi doirasida AT kompaniyasi operator uchun quyidagi uzluksiz ish davomiyligini amalga oshiradi. Ular – hisoblash quvvatini rejalashtirish (Capacity Planning), dolzarb AT-yechimlarni loyihalash va joriy etish, zarur jihozlarni yetkazib berish, barcha axborot tizimlariga servis xizmatlarini ko‘rsatish va ishlatishning autsorsing xizmatlaridir.

«Jyet Infotizimlari» mutaxassislari biznes nuqtayi nazaridan barcha majburiy ilovalar: billing, korporativ hisobot va tahlil tizimlari, CRM, to‘lovlarni qabul qilish tizimi va boshqalar bilan ishlaydigan AT infratuzilmasining ishlashi, ishdan chiqish holatlariga yo‘l qo‘ymaslikni va zaxiralanishini ta'minlaydi.

Ikkita ma'lumot markazlaridagi 300dan ortiq uskunalar, HitachiVantara va Brocade ma'lumotlarini saqlash tizimlari, HighEnd darajasidagi IBM tasmali kutubxonalari bazasiga zaxira nusxalash tizimi, zaxira ko‘chirish uchun dasturiy ta'minotni (Veritas Net Backup) va ma'lumotlarni olish (Veritas Infoscale)  tuzilmalariga kecha-yu kunduz texnik xizmat ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, Vertiv UQM (sobiq Emerson va Xlorid) integrator tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Tizimlar faoliyatini tiklashning maksimal vaqti to‘rt soatdan oshmaydi va favqulodda hodisalar bo‘yicha haqiqiy SLA 99,99% darajasida ushlab turiladi.

Tarmoqni kengaytirish rejalari va mavjud jihozlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarga asoslanib, integrator mutaxassislari har yili texnik jihozlarni yangilaydilar va operatorning keyingi AT rivojlanish strategiyasini aniqlashga yordam beradilar.

«Biz uchun o‘z abonentlarimizga kundalik yuqori darajadagi servis va xizmat ko‘rsatish juda muhimdir. Chunki biz ularning har birini qadrlaymiz va ularga faqat eng yaxshisini taqdim etishni istaymiz, – deydi Beeline Uzbekistan Axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori Yevgeniy Kogay. – Barcha AT tizimlarning uzluksiz ishlashi biznes barqarorligi va millionlab abonentlarning bizga sodiqligi garovidir. U yoki bu sozlamalarning texnik xususiyatlari bilan bog‘liq «bosh og‘riqlar» vujudga kelmasligi uchun xizmatlarni tayyor holda olish juda muhimdir. Biz o‘z majburiyatlarini mas'uliyat bilan bajaradigan va shu bilan biznesimizning barqaror ishlashini ta'minlaydigan integratorga bunday muhim funksiyani ishonishimizning birinchi yili emas».

Integratsiyalashgan autsorsing xizmatlarini taqdim etishdan tashqari, «Jyet Infotizimlari» biznesning uzluksizligini yaratish sohasida ham mijoz bilan ishlaydi.

Yangi shartnomaga muvofiq, integrator operatorga salbiy hodisalar (tizimning ishdan chiqishi, to‘lovlarni qabul qilishdagi texnik xatoliklar va boshqalar) oqibatlarini baholash va ularning asosiy jarayonlarga ta'sirini yanada kamaytirish imkonini beradigan «Business Impact Analysis» (BIA)ni taqdim etadi.

BIA ekspertizasi oldidagi vazifa AT xizmatlari va tizimlarining mavjudligini tahlil qilish, shuningdek, qabul qilinadigan RTO (recovery time objective – avariyadan so‘ng AT tizimining tiklanish vaqti) va RRO (recovery point objective – ishlamay qolganda yo‘l qo‘yiladigan yo‘qotish)ni aniqlash kiradi. BIA yordamida operator DRP (avariyadan so‘ng tiklash rejalari)ni yanada samaraliroq o‘ylab topishi va AT infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha maqbul qarorlarni qabul qiladi.

«Telekommunikatsiya kompaniyasi uchun nafaqat o‘z abonentlariga sifatli xizmat ko‘rsatish, balki ayni paytda aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan resurslar hajmini aniq bilish juda muhimdir», – deydi «Jyet Infotizimlari»ning MDH mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Roman Yegorchenkov. – Shu sababli biznesning hozirgi ehtiyojlarini qondirish uchun hisoblash quvvatini doimiy ravishda yangilab turish kerak. Mana 12 yildirki, biz Beeline Uzbekistan AT-infratuzilmasini o‘z vaqtida modernizatsiya qilib, har tomonlama kompleks ko‘mak bilan ta'minlab kelmoqdamiz va o‘zgaruvchan bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, kompaniya rivojiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar ustida ishlamoqdamiz. Biz mijozimiz kimligini doimo yodda tutamiz va bu biz kabi integrator uchun sifatidagi muvaffaqiyat va strategik o‘sish kalitidir».

Jet Infosystems Central Asia – integratorning O‘zbekistondagi rasmiy vakolatxonasi – shuningdek, IBM (Gold Partner)  va Oracle (Field Delivery Partner)dan yangi hamkor maqomini oldi. Bu esa mazkur yechim toifasini O‘zbekiston bozorida rasman taqdim etish, sertifikatlangan mutaxassislarni jalb qilish va tizimlarni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha xizmatlarni ko‘rsatish imkonini beradi.

***

«Jyet Infotizimlari» Rossiyadagi eng yirik AT kompaniyalaridan biri. 1991 yildan buyon u butun mamlakat bo‘ylab murakkab va noyob loyihalarni amalga oshirgan holda tizimli integratsiyalash yo‘nalishida ishlaydi, 1800dan ortiq xodimlarga ega.

Kompaniyaning Rossiya va MDHda 10dan ortiq ofislari va vakolatxonalari joylashgan bo‘lib, boshqa mamlakatlarda loyihalarni amalga oshiradi. U Rossiyadagi (Expert RA, 2019) AT-xizmatlarini yetkazib beruvchilarning TOP-10taligiga kiradi, Rossiyadagi AT-autsorsing bozorida (IDC, 2019) 1-o‘rinni, MQM infratuzilmasini qurish bo‘yicha kompleks loyihalar sohasidagi eng yirik yetkazib beruvchilar orasida (CNews Analytics, 2019) 2-o‘rinni, Rossiyaning axborotni himoya qilish bo‘yicha eng yirik integratorlari orasida TOP-3 (CNews Analytics, 2019) va boshqa o‘rinlarni egallaydi.

«Jyet Infotizimlari» faoliyatining asosiy yo‘nalishlari – hisoblash komplekslari, tarmoq infratuzilmasi, muhandislik tizimlari va multimediyani loyihalash va amalga oshirish, enterprise-darajali dasturiy yechimlar va biznes-ilovalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash, axborot xavfsizligini ta'minlash, AT-autsorsing va texnik ko‘mak.

Kompaniya yangiliklari Facebook, Telegram va www.jet.su saytida mavjud.

Shuningdek, siz bizning postlarimizni Habr`da ham topishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot uchun matbuot xizmatiga murojaat qiling: pr@jet.su

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid