«Mamlakatimizda koronavirusga çalingan har bitta şaxs haqida töliq ma'lumotlar yiğiladi. Kasallanganlarning yoşi, manzili, kasb-kori, lavozimi kasallik varaqasida yozib borilmoqda.
Lekin hozir biron bir kasb vakili yöqki, koronavirus kasalligiga uçramagan bölsa. Şunday ekan, biz agar töliq statistik ma'lumotlarni tahlil qilib köradigan bölsak, kimki xavfosti guruhiga mansub bölsa, öşa aholi qatlami orasida koronavirus kasalligi köplab qayd etilayotganini körişimiz mumkin. Qaysi kasb egalari köproq kasallangani yil yakunida e'lon qilinadigan statistik hisobotda körsatiladi va ehtiyojga qarab uşbu ma'lumotlardan foydalaniladi», deya Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Boş davlat sanitar vraçining aytişiça, xorijdan olib kelinayotgan özbekistonliklar karantinni mehmonxonalarda ötkazişlari mumkin, faqat ularni qabul qiladigan mehmonxonalar karantin talablariga rioya qiliş imkoniyatiga ega bölişi kerak.
«Respublika maxsus komissiyasi Özbekiston şahar va tumanlari kesimida charter reyslarida olib kelinadigan fuqarolar karantinni ötkazişlari uçun mehmonxonalar röyxati şakllantirilgan va 10 kun uçun narxlari belgilangan. Bu ma'lumotlarni Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining rasmiy sayti hamda Telegram’dagi Koronavirus Info kanalidan topiş mumkin.
Charter reyslar orqali respublikaga kirib kelayotgan şaxslar uçun bu mehmonxonalar röyxati taqdim etiladi. Xorijdan olib kelingan fuqarolarning xohişlari asosida istovçilar uşbu mehmonxonalarga joylaştiriladi.
Eng asosiysi, uşbu mehmonxonalar karantin talablariga rioya qiliş imkoniyatiga ega bölişi kerak. Demak, u yerda bölib turgan şaxslarni bir-biridan alohidalaş, qolaversa, qöriqlaş, taşqi muhit bilan muloqotlarini çeklaş asosiy talablardan bittasi hisoblanadi», deydi Nurmat Otabekov.












