Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda piyodalar yo‘lkasi bo‘ylab nogironlar uchun yo‘lka va veloyo‘laklar barpo etilmoqda - foto
Poytaxt Toshkent shahridagi asosiy yo‘llar qatori piyodalar yo‘llari tartibga keltirilmoqda, veloyo‘laklar tashkil etilmoqda, deb yozadi shahar hokimligi axborot xizmati.

Xususan, quruvchilar va obodonlashtirish tizimi mutaxassislari qator ko‘chalar bo‘ylab obodonlashtirilgan, eni 1,5 metr bo‘lgan piyodalar yo‘lkasi, 0,8 metr kenglikdagi, maxsus nogironlar yo‘lkasi hamda 1 metr kenglikdagi veloyo‘laklarni barpo etish yo‘lida harakatdalar.
Ma'lumot berilishicha, bunday ishlar bugungi kunda:
- Haydar Aliyev ko‘chasining Sariko‘l ko‘chasidan Ozarboyjon madaniyat markazigacha bo‘lgan 2 kilometrlik qismida — 90 foizga;
- Shahrisabz ko‘chasining Katta Mirobod ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasigacha bo‘lgan 2,3 kilometr oralig‘ida — 50 foizga;
- Istiqbol ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan 1,6 kilometr masofada — 30 foizga;
- Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Kichik avtomobil xalqa yo‘lidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 7 kilometrlik qismida 15 foizga bajarilgan.





Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026