Jahon | 19:29 / 14.07.2020
4544
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya kompaniyasi nutqni matnga aylantiradigan niqob ishlab chiqdi

 C-Face niqobi matnni ingliz, xitoy, koreys, vetnam, fransuz, ispan, tay va indonez tillariga tarjima qila oladi.

Foto: Donut Robotics

 Yaponiyaning Donut Robotics kompaniyasi nutqni matnga aylantiradigan va sakkizta tilga tarjima qiladigan C-Face niqobini ishlab chiqdi.

 C-Face tibbiyot niqobi o‘rnini bosmaydi va uning ustidan taqiladi. U hattoki 10 metr masofadan ham odamlarning bir-birini eshitishlariga yordam beradi.

"Tibbiyot niqobi odamlarning o‘zaro muloqotlarida bir-birlarini tushunishlariga xalaqit bermoqda. Shu sababli mazkur niqobni o‘ylab topdim. Unga shovqinni pasaytiruvchi mikrofon o‘rnatilgan. Tovush ushbu mikrofondan Bluetooth orqali smartfon yoki kompyuterga  uzatiladi va nutq ekranda matn ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Ushbu matnni sakkizta tilga tarjima qilish ham mumkin", - deydi kompaniya rahbari Taysuke Ono.

 C-Face niqobi matnni ingliz, xitoy, koreys, vetnam, fransuz, ispan, tay va indonez tillariga tarjima qila oladi. Niqoblar AQSh va Yaponiyada yil oxiriga qadar sotuvga chiqadi.

Niqob narxi 4400 iyenga (40 dollar atrofida) teng.  U xorijiy tilga tarjima qilishdan tashqari, yig‘ilishlarning stenografik yozuvini ham amalga oshirish imkonini beradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid