AQSh kongressi ruxsatisiz Trampga Eronga qarshi harbiy kuch ishlatishni taqiqlovchi qonun loyihasi ma'qullandi
AQSh kongressi vakillar palatasining mablag‘lar bo‘yicha qo‘mitasi 2021 moliyaviy yil uchun harbiy budjetga tuzatmani ma'qulladi. Unga ko‘ra, amerikalik kongressmenlar ruxsatisiz Eronga qarshi harbiy harakatlarni moliyalashtirish taqiqlanadi.
Tuzatmani 30 kongressmen qo‘llab-quvvatlagan, 22 nafari qarshi chiqqan. U AQSh prezidenti Donald Trampni Eronga qarshi urush boshlash huquqidan mahrum etishga qaratilgan.
Shu bilan birga kongressning Oq uy rahbariga harbiy kuch ishlatishga bergan ruxsatlarini qaytarib oluvchi yana ikkita tuzatma ma'qullangan. Bu ruxsatlar AQSh prezidentiga 2001 va 2002 yillarda taqdim qilingan.
Bu ruxsatlardan birinchisi AQSh prezidentiga 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlarga javobgar terrorchilarga qarshi harbiy kuch qo‘llashga imkon beradi. Biroq aslida Vashington bu ruxsatga tayanib, dunyoning turli davlatlarida radikallarga qarshi operatsiyalar olib borgan va olib bormoqda.
Ikkinchi ruxsat Iroqdagi terrorchilarga qarshi kuch qo‘llash imkonini bergan. AQSh ma'muriyati Eronning “Al-Quds” maxsus kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyga qarshi operatsiyani amalga oshirishda aynan shu ruxsatga tayangan.
Biroq qonun loyihasi dastlab vakillar palatasida, so‘ngra senatda ma'qullanishi lozim. Shundan keyingina u prezidentga imzolash uchun beriladi.
7 may kuni AQSh kongressi senati Donald Tramp tomonidan qonun chiqaruvchilar ruxsatisiz unga Eronga qarshi kuch qo‘llashini cheklovchi rezolyutsiyaga qo‘yilgan taqiqlovni yengib o‘ta olmagandi. Oq uy rahbari bu rezolyutsiyani haqoratomuz deb atagan.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024