Jamiyat | 20:00 / 15.07.2020
11068
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Express24 online-marketida endi O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish mavjud

Express24 onlayn marketi endi Toshkent marketlaridan viloyatlarga tovarlarni 15 000 so‘m evaziga yetkazib bermoqda. Ushbu xizmat tovarlarning katta tanlovi va manfaatli yetkazib berish shartlarini taqdim etadi, shuningdek barcha foydalanuvchilar uchun keshbek tizimini yo‘lga qo‘ydi.

Foto: Express24

Express24 sayti va ilovasi 2 bo‘limdan iborat: “Restoranlar” va “Marketlar”.

Ushbu onlayn xizmat Toshkent, Farg‘ona va Samarqandda to‘laqonli amal qilmoqda, 1 iyuldan boshlab esa “Market” bo‘limidagi tovarlarni O‘zbekiston bo‘ylab yetkazish xizmatini ishga tushirdi. Endi yurtimiz aholisida taniqli poytaxt do‘konlaridan tovarlarni buyurtma qilish imkoni mavjud.

«Biz O‘zbekiston bozoridagi Toshkentdan tovarlar kamdan-kam poytaxt tashqarisiga chiquvchi holatni tahlil qilib, butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yishga qaror qildik. Bu nafaqat iste'molchilar, balki boshqa bozorlarga chiqish uchun imkoniyati yo‘q bo‘lgan kichik va o‘rta biznes egalari hayotini ham yengillashtiradi.

Umuman olganda viloyatlarda ish boshlash biz kutgandek qiyin jarayon bo‘lib chiqmadi. Eng qiyin masala platforma va mobil ilovani sozlash bo‘ldi. Biz ilovani haligacha sinovdan o‘tkazib, foydalanuvchilar hayotini iloji boricha osonlashtirish maqsadida uni ular uchun moslashtirmoqdamiz»
Akmal Payziyev, Express24 asoschisi.

Keng turdagi tanlov

Express24 onlayn marketida turli toifadagi Toshkentning 55 dan ortiq do‘konlari keltirilgan: “Kiyim-kechak”, “Chiroy”, “Elektronika”, “Oziq-ovqat”, “Bolalar uchun”, “Uy va bog‘”, “Mebel”, “Avtotovarlar” va boshqalar. Ushbu xizmat foydalanuvchilarga“Panasonic”, “BOSCH”, “Mechta”, “FLO”, “KUKMARA”, “Red Tag”, “Vichy” va boshqa shu kabi xalqaro brendlardan xaridni amalga oshirish imkonini yaratadi.

Xizmat narxi va shartlari

30 kg vazngacha bo‘lgan yuklarni yetkazib berish mintaqa masofasiga qarab 1-2 kun davomida va ayni vaqtda faqat sariq va yashil hududlarda amalga oshiriladi. Buyurtma qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar turini ko‘rish uchun manzilni kiritish lozim. To‘lovni ilovada ko‘rsatilgan tizim orqali naqd bo‘lmagan yoki naqd usulda amalga oshirish mumkin.

Yetkazish xizmati narxi buyurtmachi joylashuvi va u tanlagan yetkazish turiga bog‘liq:

•  Buyurtmani mijozning shahardagi Fargo ofisigacha yetkazish 15 000 so‘m;
•  Mijoz tanlagan manzilga yetkazib berish narxi 15 000 + 25 000 so‘m;
•  Ayrim Marketlardan yetkazib berish bepul (Express24’da “Bepul yetkazish” deb belgilangan).

Xizmatdan manfaatli imkoniyat

Onlayn marketdan xarid qilish yangi keshbek tizimi yordamida endi yanada manfaatli bo‘ldi. Barcha foydalanuvchilarga har bir xariddan ball taqdim etiladi va ularni Express24 ilovasida ishlata oladilar.
Har oyning birinchi kunidan boshlab har bir buyurtmadan sizga 1% qaytadi, 11-buyurtmadan boshlab esa hisobingizga 2% qo‘shiladi.

Express24’dagi manfaatli xaridlardan bahramand bo‘ling, buyurtma bering va uyda qoling.

Ilovani ko‘chirib olish: express24uz.page.link/QxvY

Vebsayt: express24uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid