Express24 – mahalliy oziq-ovqat, mahsulot va tovarlar yetkaziş xizmati bölib, u Özbekistondagi 6ta şaharda faoliyat yuritadi: Toşkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farğona va Qöqon. Har kuni, kunning istalgan vaqtida qöllab-quvvatlaş xizmati operatorlari mijozlar bilan doimiy aloqada. Ular mijozlarning muammolarini hal qilişga hamda barça turdagi murojaatlarga javob berişga harakat qiladilar.
Hozirda qöllab-quvvatlaş xizmatida 39 nafar xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda va ular mijozlar hamda hamkorlar bilan çat, şuningdek ikkita tarmoq orqali 24/7 aloqada: birinçisi – mijozlar va hamkorlar uçun, ikkinçisi – kurerlar uçun. Operatorlar doim har bir murojaatga individual yondaşib, yuzaga kelgan vaziyat uçun tezkor va samarali yeçim topadilar.
Qöllab-quvvatlaş xizmati boşliği Tişabayeva Yekaterina beş xil holat misolida Express24 qöllab-quvvatlaş jamoasi mijozlar bilan qanday işlaşi va yuqori darajali xizmat körsatişni kafolatlaşi haqida sözlab beradi.

- Mijozlar buyurtma yetkazilişi keçikayotganligi haqida murojaat qilganda siz qanday yöl tutasiz?
Mijozlar biz bilan boğlanib, buyurtma yetkazilişi keçikayotganligi haqida xabar bersa, operatorlar şu ondayoq ma’lumotlarni tekşirişga kirişadilar. Biz mijozlarga samimiy ğamxörlik ila munosabatda bölamiz, şu sababli ular uçun eng maqbul yeçim taklif qilişga intilamiz. Ma’lum vaziyatlarda biz bepul yetkaziş yoki kompensatsiya tölovini taklif etişga tayyormiz.
- Mijozlar buyurtmani zararlangan holda olganliklari haqida murojaatlar ham kelib tuşadimi?
Ha, ba’zida şunday holatlar ham bölib turadi. Bunday hollarda biz mijozga ikki turdagi yeçimni taklif etamiz:
1) buyurtmani qaytadan, kompensatsiya bilan bepul yetkaziş;
2) buyurtmani bekor qiliş va töliq kompensatsiya oliş.
Ba’zi mijozlar buyurtmani qabul qilingan holida olib qolişni ma’qul köradilar. Bunday hollarda biz mijoz hisobiga kompensatsiya ötkazamiz.
- Buyurtma töliq yetkazilmaganligi haqidagi murojaatlar qanday tartibda körib çiqiladi?
Çatda, izohlarda yoki qönğiroq orqali unutib qoldirilgan tovar haqida mijozdan murojaat kelib tuşganda, biz mijozdan unutib qoldirilgan tovar yetkazilgunga qadar kutiş qulayligini yoki mijoz bonus hisobiga kompensatsiya ötkazganimiz ma’qul kelişini aniqlaştiramiz.
1) Agar mijoz unutilgan tovarni kutişni tanlasa, operatorlar bir zumda restoran bilan boğlanib, yangi kurer tayinlaydilar. Bunday hollarda yetkaziş bepul amalga oşiriladi.
2) Agar mijoz kompensatsiyani tanlasa, operatorlar Express24'dagi mijoz bonus hisobiga kerakli summani ötkazadilar va mijoz bu summadan kelajakda foydalanişi mumkin.
Biz muammolarga samarali yeçim topiş va mijozlarga buyurtma qilişda qulaylik yaratiş uçun zaruriy tadbirlarni körişga doim tayyormiz.
- Mijoz uning buyurtmasi yoki ma’lum tovar örniga boşqasi yetkazilganligi haqida murojaat qoldirganda qanday yöl tutiladi?
Mijozdan buyurtmadagi tovar örniga boşqa tovar, yoki umuman boşqa buyurtma yetkazilganligi haqida bizga murojaat kelib tuşganda biz mijozga muammoni hal qilişning bir neça yölini taklif etamiz:
1) Biz buyurtma yoki ma’lum tovarni almaştirişimiz mumkin – bunday hollarda buyurtma mijozga bepul yetkaziladi;
2) Agar mijoz buyurtma yoki tovarni almaştirmaslikni ma’qul körsa, operator buyurtma summasini tekşirib köradi. Agar yetkazilgan mahsulot buyurtma qilinganidan arzonroq bölsa, özaro narxdagi farq tölov orqali qoplanadi.
Bundan taşqari uşbu xatolik tufayli yuzaga kelgan noqulaylikni bartaraf etiş uçun biz mijozga kompensatsiya taqdim etamiz.
- Rasmiylaştirilgan buyurtma uçun tölov turini almaştiriş yuzasidan ham murojaatlar kelib tuşadimi?
Şunday murojaat bilan köp holatlarda mijozlar biz bilan emas, bizning operatorlarimiz mijozlar bilan boğlanadilar. Bunday holatlar mijoz hisobida yetarli mablağ mavjud bölmasligi sababli yuzaga keladi. Bu turdagi buyurtmalar operatorlar ekranlarida «tölanmagan» holda körinadi. Biz mijoz bilan boğlanib, muammo haqida xabar beramiz va ikki turdagi yeçimni taklif etamiz:
1) karta hisobi töldirilgandan söng biz qayta tranzaksiya ötkazib, buyurtma summasini yeçib olamiz;
2) tölov turini naqdga özgartiriş.
- Express24 qöllab-quvvatlaş xizmati boş tamoyillari va öziga xos xususiyatlari haqida sözlab bersangiz
Bizning boş qoidamiz – mijozlarning barça savol va muammolariga operativ va eng maqbul yeçim topiş. Şu sababli biz birinçi navbatda mijozlar muammolarini hal qilamiz va undan keyingina reglament böyiça boşqa vazifalarga kirişamiz: noxuş vaziyat sababçisi kimligini aniqlaştiramiz, ma’lumotlarni mas’ul bölimlarga yetkazamiz va h.k.
Bizning eng muhim farqli jihatimiz, mening fikrimça, bizda mijozlarga yordam berişga hamda ularning savollariga töliq va batafsil javob berişga intiluvçi jonli odamlarning işlaşidir. Bizning barça xodimlarimiz xuşmuomala va oqköngil, ular har bir mijoz bilan til topişişga harakat qiladilar va bu bizga noxuş vaziyatlarni köp hollarda ijobiy hal qilişga yordam beradi.
Express24 ilovsini yuklab oliş
Sayt: express24.uz
Instagram: @express24uz
Telegram: @express24_uz
Reklama huquqi asosida











