Kur’yer va pochta kuni bayrami arafasida Express24 yetkazib berish xizmati sizlar bilan bir nechta kurerlarning velosipedda va piyoda yetkazib berish haqidagi hikoyalari bilan bo‘lishadi, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Qo‘qon va Andijon shaharlaridan ishlash istagi bo‘lganlarni ishga taklif qiladi.
Express24 barcha kur’yerlarimizni kasb bayramlari bilan muborakbod etadi va ularning astoydil ko‘rsatgan xizmatlari uchun katta minnatdorchilik bildiradi.
Hozirda Express24 da 1500 dan ortiq kishi yetkazib berish bilan shug‘ullanadi, ammo kurerlik uchun bo‘sh o‘rinlar Toshkentda ham, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qonda ham ochiqligicha qolmoqda. Express24 kurerlarining hikoyalari orqali ish faoliyati, imtiyozlar va ish haqi haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin.
Muhammad, 27 yosh - velosiped kureri

Men Express24-ga taxminan 2 oy oldin shu yerda ishlaydigan do‘stimning maslahati bilan ishga keldim. Hozirda bu mening asosiy ishim hisoblanadi.
Velosipedda yetkazib berish men uchun muammo emas, g‘ildirak teshilishini hisobga olmasa, velosiped harakatlanishning juda qulay usulidir. Afzalliklari esa juda ko‘p, ammo asosiysi - harakatlanish qulayligi. Men kunning tig‘iz vaqtida tirbandlikni bemalol aylanib o‘tishim yoki mashina o‘ta olmaydigan yo‘nalishni qisqartirishim mumkin. Bu ish tezligiga ta’sir qiladi, men buyurtmalarni tezroq yetkazib bera olaman.
Kurer sifatida ishlash juda qulay, ayniqsa, menga o‘z ish jadvalimni o‘zim tuzishim, vaqtim va kuchim bo‘lganda buyurtmalarni yetkazib berishim ayniqsa yoqadi. Kuniga 15-20 ta buyurtma yetkazib bera olaman va taxminan 165 000 - 225 000 so‘m daromad olaman.
Sergey, 42 yosh - piyoda kurer

Men Express24 xizmatida taxminan olti oydan beri piyoda kurer bo‘lib ishlab kelaman. Meni bu yerga anchadan beri kurer bo‘lib ishlagan do‘stim olib kelgan. Avvaliga shaxsiy moto-velosipedimda buyurtmalarni yetkazib berardim, lekin u buzilib qoldi va buyurtmalarni piyoda yetkazib berishga qaror qildim.
Men uchun ko‘p yurish qiyinchilik tug‘dirmaydi, shuning uchun buyurtmalarni piyoda yetkazib berish men uchun qiyin emas. Agar buyurtma 2 km-dan ko‘p bo‘lmagan oraliqda bo‘lsa, men uni ikkilanmay olaman. Mening yurish tezligim buyurtmalarni tez yetkazib berishga imkon beradi, masalan, men 1,5 kilometr masofani 20 daqiqada piyoda bosib o‘ta olaman.








