Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi epidemiologik vaziyat muhokama qilinmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
«Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tmoqda. Kun tartibida - Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi keskin sanitar-epidemiologik vaziyat.
Yig‘ilishga sabab – keyingi paytda ushbu hududlarda kuzatilayotgan koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini va o‘lim holatlarining ko‘payishi, shuningdek, aholi tomonidan tibbiy xizmatlar tezkorligi va sifati hamda dorixonalarda tibbiyot mahsulotlari narxining asossiz oshayotgani bo‘yicha ko‘plab murojaat va shikoyatlar tushayotgani», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda pandemiya davrida koronavirusdan kasallanish bilan bog‘liq eng ko‘p holatlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida qayd etildi. 15 iyul holatiga ko‘ra, bu hududda 10496 holat qayd etilgan, 5392 kishi tuzalib chiqqan, 43 bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
19:29 / 16.12.2025
Prezident: shaharning barcha ko‘chalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak
18:44 / 16.12.2025
«Endi poytaxtda boshqaruv o‘zgaradi». Prezident – Toshkentning kelgusi yillardagi taraqqiyoti haqida
15:16 / 14.10.2025
Soliqlar vaqtida to‘langan mahallalarga «Tashabbusli budjet»da qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi
15:09 / 14.10.2025