Gretsiya bu qarorni «oçiq provokatsiya» deb atadi. Rus pravoslav çerkovi ham «millionlab masihiylarning taşvişlariga quloq solinmagan»ini ta'kidladi.

Ta'kidlaş joizki, Ayo Sofiya har doim Erdöğanning bayonotlari bilan kun tartibiga kelgan va hamişa qarama-qarşiliklar keltirib çiqaradigan mavzulardan biri sanaladi.

Xristianlik e'tiqodiga köra, muqaddas tuzilmalardan biri hisoblangan Ayo Sofiyaning musulmonlar ibodat qilişi uçun oçilişini nazarda turuvçi bayonotlar xalqaro maydonda ham rezonansga sabab bölyapti.

29 may kuni nima bölgandi?

Ayo Sofiyada «Fotiha» surasining öqilişi munozaralar qaytadan olovlanişiga, Gretsiyaning e'tirozlariga sabab böldi. Uşbu mamlakat Taşqi işlar vazirligi Ayo Sofiyada Qur'on oyatlari tilovat qilinişini «masihiylarning diniy tuyğularini haqorat qiliş» deb baholadi.

Turkiya bu sözlarga javoban Ayo Sofiyaning mohiyati va xalqaro kelişuvlarga zid tarzda iş tutilmaganini aytdi.

Gretsiyadan söng AQŞ Davlat departamenti ham bayonot bilan çiqdi. AQŞ davlat departamentining ta'kidlaşiça, Xalqaro diniy erkinliklar töğrisidagi hisobotning sönggi yangilangan versiyasida «AQŞning yuqori lavozimli rasmiylari (Turkiya) hukumat amaldorlariga oçiq-oydin va xususiy ravişda Ayo Sofiyaning murakkab köp dinli tarixini saqlaşni qöllab-quvvatlaşlarini bildirişgan».

Ayo Sofiya qaçon qurilgan?

360 yilda Vizantiya imperatori Konstantin tomonidan oçilgan çerkovning yoğoç tomi 404 yilda yonib ketgan. Öşa paytda birinçi marta kapital ta'mirlangan çerkov Vizantiya imperatori Yustinian I buyruği bilan quriliş işlaridan keyin 532-537 yillar oraliğida hozirgi şaklini oldi.

Episkoplikning markazi bölgan va Vizantiya imperiyasi uçun muhim ahamiyatga ega bölgan çerkovning qurilişi uçun Vizantiya muhandisi Miletus Isidor va matematik Tralles Anthemiya javobgar edi. Qurilişda 10 mingdan ortiq işçilar iştirok etgan.

Çerkov qurilişi 5 yilu 10 oy davom etgan va öşa davrdagi Vizantiya tarixçilari uning dunyodagi eng katta bino ekanligi haqida yozişgan. Çerkov içidagi mozaikalar işi esa 565-578 yillar orasida yakunlangan.

Ayo Sofiya 1204 yilgaça bir neça zilzilalar va yonğinlardan omon qoldi va köp bor qaytadan tiklandi. 1204 yilda Şarqqa yuriş qilgan salibçilar qöliga ötgan çerkov 1261 yilgaça Rim-katolik çerkoviga aylantirilgan.

1261 yilda vizantiyaliklar Konstantinopol hukmronligini qayta qölga kiritgaç, Ayo Sofiyadan yana pravoslav çerkovi sifatida foydalanila boşlangan.

Ayo Sofiya qanday qilib masjidga aylandi?

AFP

1453 yil 29 mayda Usmonlilar imperiyasi sultoni Fotih Sulton Mahmud Istanbulni egallab olgan payt Ayo Sofiya yaralangan Vizantiya askarlari, ayollar va bolalar uçun boşpana vazifasini ötagan.

Istanbul Usmonlilar qöliga ötgandan keyingi bir neça kun davomida pravoslav çerkovi a'zolari Ayo Sofiyada ibodat qilişni davom ettirdilar.

Birinçi juma namozini 1453 yil 1 iyunda Istanbulda öqigan Fotih Sulton Mahmud Ayo Sofiya Usmonlilar hukmronligi ostidagi masjid ekanini e'lon qiladi. Mehrob va minbar quriladi, qönğiroq va xoç olib taşlanadi, mozaikalarning usti yopiladi.

1481 yilda birinçi minora barpo etilgan. Fotih Sulton Mehmetdan keyin taxtga ötirgan Sulton Boyazid II davrida yana bir minora quriladi.

1509 yildagi Istanbul zilzilasi natijasida birinçi minora qulab tuşadi va uning örniga ğiştli minora tiklanadi.

Sulton Salim II hukmronligi davrida Me'mor Sinan tomonidan olib borilgan rekonstruksiya işlari davomida yana ikkita minora qurilgan. Şuning uçun ham Ayo Sofiyaning turli vaqtlarda qurilgan 4 minorasi bir-biridan farq qiladi.

Salim II qabri Ayo Sofiya içidagi ilk sulton qabridir. Ayo Sofiyada sultonlar, ularning rafiqalari va şahzodalarning 43ta qabri mavjud. Ular orasida Sulton Murod III, Sulton Mahmud III, Safiya Sulton va Nurbonu Sulton ham bor.

Ayo Sofiya 1616 yil Sulton Ahmad masjidi qurilgunga qadar Usmonlilar davlatining eng katta va eng muhim masjidi sanalgan.

Ayo Sofiyaning 1800-yillardagi körinişi / GETTY IMAGES

1739 yilda masjidga madrasa, kutubxona va oşxona qöşimça qilingan. Ayo Sofiya 1847-1849 yillar ta'mirlaş uçun yopilgan. Masjid sifatida esa eng oxirgi marta 1849 yilda oçilgan.

Respublika davrida nimalar özgardi?

1900-yillar boşida Ayo Sofiya atrofidagi askarlar / GETTY IMAGES

1923 yilda respublika e'lon qilinganidan keyin masjid sifatida foydalanilgan Ayo Sofiya 1931 yilda yopilgan.

1931 yilda Amerikadagi Vizantiya instituti asosçisi, amerikalik arxeolog Tomas Uittemor Ayo Sofiyada mozaikalarning qayta tiklanişi uçun Turkiyaning yangi hukumatidan ruxsat söraydi.

Prezident Mustafo Kamol Otaturkning ruxsati bilan boşlangan işlar 15 yil davom etgan va 1947 yilda yakunlangan.

Ta'mirlaş işlari boşlanganidan söng bir munça vaqt ötgaç yopilgan Ayo Sofiyani 1934 yil 24 noyabrda Vazirlar Kengaşi qarori bilan muzey sifatida oçişga qaror qilişgan.

Ayo Sofiya muzeyi 1935 yil 1 fevralda taşrif buyuruvçilar uçun oçiladi. Muzey 1996 yilda Jahon yodgorliklarini tomoşa qiliş röyxatiga kiritilgan. Obidaning gumbazi va minoralari Jahon yodgorliklari jamğarmasi kömagi bilan 1997-2002 yillarda rekonstrutsiya qilingan.

Muzey UNESCO jahon merosi röyxatiga ham kiritilgan. Vaqti-vaqti bilan turli bölimlarda boşlangan tiklaş işlari bugungi kunda ham davom etmoqda.

Har yili millionlab sayyohlar muzeyga taşrif buyurardi / GETTY IMAGES

Har yili köplab sayyohlar tomonidan ziyorat qilinadigan mazkur tarixiy bino 2015 yilda 3 million 425 ming ziyoratçini jalb qilişi ortidan Turkiyaning eng köp taşrif buyuriladigan muzeyi böldi. 2017 yilda bu raqam 1 million 892 mingga tuşdi.

Ayo Sofiya nega tortişuvlarga sabab bölmoqda?

ANADOLU AGENCY

Ayo Sofiya haqidagi bahslar 2000-yillarning boşlaridan beri davom etmoqda.

Ayo Sofiya muzeyining rasmiy veb-saytida berilgan 1936 yilgi röyxatga oliş kitobiga köra, «Ayo Sofiya 57 qism, 57 orol va 7-çi uçastkada Fotih Sulton Mahmud vaqfi nomidagi maqbara, akaret, hujra va madrasadan taşkil topgan Ayo Sofiyai Kabir masjidi şarif» ekani aytiladi.   

Muzey masjidga aylantirilişini talab qilganlar uşbu hujjatga asoslanişadi. Biroq Ayo Sofiya, ba'zi istisnolarni hisobga olmaganda, ibodat qiliş uçun oçiq emas.

Ayo Sofiyada qanday diniy marosimlar ötkazilgan?

GETTY IMAGES

1967 yil 5 iyulda Istanbulga taşrif buyurgan katolik xristianlari rahbari Papa Paul VI Ayo Sofiyaga borib ibodat qilgan.

Uşbu voqeaning ertasiga Milliy turk talabalar uyuşmasi rahbarlari ham bunga javoban Ayo Sofiya muzeyida namoz öqişgan. Mana şu hodisadan söng Ayo Sofiyaning maqomi bilan boğliq birinçi jiddiy munozara yuzaga kelgan.

Taxminan 25 yil ötgaç, 1991 yil Mahmud I hukmronligi davrida Ayo Sofiyaning asosiy binosi taşqarisida sultonlarning dam olişi va tahorat olişi uçun qurilgan Hunkar paviloni ibodat uçun oçildi. Şuningdek, 2016 yil oktabr oyida bu yerga imom ham tayinlandi. Hunkar pavilonida bayram namozi va beş vaqt namoz öqiladi va azon çaqiriladi.

1967 yilda Rim papasining sönggi taşrifidan bir neça yil ötgaç, 2014 yil noyabr oyida Rim papasi Fransisk Istanbulga taşrifi davomida Ayo Sofiyani ziyorat qiladi va muzey direktoridan restavratsiya işlari töğrisida ma'lumot oladi.

Hunkar paviloniga imom tayinlanişidan oldin, 2005 yilda Uzviy vaqflar, tarixiy asarlar va atrof-muhitga xizmat körsatiş uyuşmasi 1934 yilgi Vazirlar Kengaşining qarorini bekor qiliş va ijroni töxtatiş talabi bilan davlat kengaşiga da'vo arizasi bilan murojaat qildi. Davlat kengaşi esa bu talabni rad etdi.

2006 yilda xristian va musulmon muzey xodimlari uçun ibodat xonasi oçildi.

2017 yil 13 may kuni Anadolu yoşlar uyuşmasi tomonidan taşkil etilgan guruh Ayo Sofiya oldida bomdod namozini öqidi.

2017 yil 21 iyun kuni Diniy işlar boşqarmasi Ayo Sofiyada Qadr keçasi dasturini taşkil etdi. Dastur TRT davlat kanali orqali jonli efirda namoyiş etildi.

Nihoyat, 2018 yil mart oyida Ayo Sofiya muzeyida Yeditepe Biyennalesining oçiliş marosimida prezident Rajab Toyyib Erdöğanning nutqidan oldin Qur'on öqildi.

Sönggi voqealar pravoslav dunyosida reaksiya bilan kutib olindi, Uzviy vaqflar, tarixiy asarlar va atrof-muhitga xizmat körsatiş uyuşmasi yana Ayo Sofiyani ibodat qiliş uçun oçişni talab qildi.

2018 yil oktabr oyida konstitutsiyaviy sud uyuşmaning talabini rad etdi.

Erdöğan Ayo Sofiya haqida hozirgaça nimalar degan?

2018 yil martida Ayo Sofiyada Erdöğanning nutqidan oldin Qur'on öqildi / GETTY IMAGES

Prezident Erdöğan 2013 yilda, ya'ni Istanbul zabt etilişining 560 yilligida ba'zi konservativ fuqarolik jamiyati taşkilotlarining «Istanbul fathining imzosi bölgan Ayo Sofiya yana ibodat uçun oçilsin» degan çaqiriqlariga javoban bu «öyin» ekanligini aytib, nimani qaçon qilişni yaxşi bilişini ta'kidlagandi.

Öşa paytda boş vazir bölgan Erdöğan «partiyasining Qiziljahamamdagi lagerida deputatlarning mavzu yuzasidan bergan savollariga «Sultonahmet böm-böş. Agar Sultanahmet tölsa, Ayo Sofiyani kun tartibiga qöyişimiz mumkin», deb javob bergandi.

Erdöğan Ayo Sofiya masalasini ötgan yilning 31 martida bölib ötgan mahalliy saylovlardan oldin ham bir neça bor kötargan edi.

Ilk bor 2019 yil 16 martida Tekirdağdagi mitingda bir fuqaroning Ayo Sofiyani masjidiga aylantiriş da'vatiga javoban Erdöğan «Biz Buyuk Çamlija masjidini qurdik. Şu qadar kattaki, 4-5ta Ayo Sofiyaga yetgulik. Nafaqat Anadolu yoqasi, balki Istanbul va Turkiyaning eng katta masjidi. Gap bunda emas, bu işning siyosiy kölami, siyosiy tarafi bor. Yon tomondagi Sultanahmetni töldirolmaymiz-da, Ayo Sofiyani töldiraylikmi... Keling, bu öyinlarga kirmaylik, bu uyğun yöl emas. Biz qaçon nimani qanday qilinişini juda yaxşi bilamiz. Bu nomussizlar şunday dedi deb, qadam taşlamaymiz», degandi. Uşbu oçiqlamadan bir hafta ötib esa 31 mart kuni bölib ötgan mahalliy saylovlardan keyin bu masalada qadam taşlaşlari mumkinligini aytgandi.

«Bu joyning nomini muzey deb ataş juda katta xato edi. Biz ham bunday talab juda qizğin bölganligi sababli, qadam taşlaş vaqti keldi», degandi Erdöğan.

Ayo Sofiya bilan boğliq yangi huquqiy tartibning örnatilişi 2013 yilda kun tartibiga çiqdi. Öşa yilning oktabr oyida davriy Millatçi harakat partiyasining a'zosi Yusuf Halaçöğli, parlamentga Ayo Sofiyani masjid sifatida qaytadan ibodatga oçilişini közda tutuvçi qonun taklifini taqdim etdi. Asos sifatida esa 1934 yilgi Vazirlar Kengaşining Ayo Sofiyani muzeyga aylantiriş töğrisidagi qarori rasmiy gazetada e'lon qilinmaganini va u mulk kadastrida masjid sifatida qayd etilganini körsatdi.

Halaçöğlining taklifi 2013 yil 15 noyabrdan beri Milliy ta'lim, madaniyat, yoşlar va sport komissiyasida. Komissiya tomonidan hanuz qaror qabul qilinmagani sababli, u umumiy majlisga yuborilmagan.

Kim qanday munosabat bildirmoqda?

GETTY IMAGES

Katolik çerkovi rahbari, Rim papasi Fransisk Ayo Sofiyaning maqomini özgartiriş haqida munosabat bildirdi. «Men Ayo Sofiyadan xavotirdaman va juda qattiq oğriq his qilyapman», dedi u.

Butunjahon çerkovlar ittifoqi uşbu qaror turli dinlarga mansub insonlarni muloqot va hamkorlik stoli atrofida birlaştirişga qaratilgan barça harakatlarga ziyon keltirganini qayd etdi.

Italiya katolik çerkovining gazetasi Avvenire esa «Yara yangilandi» degan sarlavhani qölladi.

Yevropa Ittifoqining taşqi aloqalar va xavfsizlik siyosati böyiça yuqori vakili Xosep Borrell qaror «afsus çektiruvçi» ekanligini ta'kidladi.

AQŞ Davlat departamenti bu qarordan «hafsalasi pir bölganini» aytdi.

AQŞning sobiq vitse-prezidenti va noyabrda bölib ötadigan prezident saylovlarida demokratlar nomzodi Jo Bayden ham uşbu qarordan çuqur afsusda ekanligini bildirdi va Erdöğanni uşbu qarorni bekor qilişga çaqirdi.

Otabek Tillayev tayyorladi