Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask global internet loyihasi tafsilotlarini ma'lum qildi
Avvalroq SpaceX Starlink terminallarining yopiq beta-sinovini yo‘lga qo‘ygandi. Xohlovchilar qurilmani uylariga o‘rnatishi, global internetdan foydalanishi va uning ishi haqida kompaniyaga ma'lumot berishlari mumkin.
Foto: Joe Skipper / Reuters
SpaceX asoschisi Ilon Mask Starlink sun'iy yo‘ldoshlari signalini qabul qiluvchi qurilmadan foydalanish osonligini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, terminalni hovli yoki tomga – osmon ko‘rinib turadigan har qanday joyga qo‘yish mumkin. Maskning aniqlik kiritishicha, qurilmaga dvigatel va mos sun'iy yo‘ldoshni topishga yordam beradigan maxsus dasturiy ta'minot o‘rnatilgan.
Avvalroq SpaceX Starlink terminallarining yopiq beta-sinovini yo‘lga qo‘ygandi. Xohlovchilar qurilmani uylariga o‘rnatishi, global internetdan foydalanishi va uning ishi haqida kompaniyaga ma'lumot berishlari mumkin.
Starlink loyihasi doirasida orbitaga 12 mingdan 30 mingtagacha sun'iy yo‘ldosh olib chiqish mo‘ljallangan. Ular uch qavat bo‘lib Yerni o‘rab oladi va shu tariqa butun dunyoga sifatli internet yetkazib berishni ta'minlaydigan provayder uchun «sun'iy yo‘ldoshlar armiyasi» paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
22:36 / 10.03.2026
Forbes milliarderlarning 2026 yilgi yangi reytingini e’lon qildi
07:33 / 23.02.2026
Mask Oyda elektromagnit katapulta qurmoqchi
19:57 / 15.02.2026