Jahonning yetakchi lisenziari Buxoro neftni qayta ishlash zavodining modernizatsiya va qayta qurish loyiha hujjatlarini ishlaydi
Jahonning yetakchi lisenziari Buxoro neftni qayta ishlash zavodining modernizatsiya va qayta qurish loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun jalb qilindi, deb xabar berdi «O‘zbekneftgaz».
2020 yil 6 iyul kuni «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va Janubiy Koreyaning «SK Engineering & Construction» kompaniyasi prezidenti Jyeyson Ann Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va qayta qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edilar.
«Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya va qayta qurish» loyihasi doirasida, «Buxoro NQIZ» MChJ va «Honeywell UOP» (AQSh) kompaniyasi o‘rtasida texnologik uskunalar hujjatlari paketini ishlab chiqish bo‘yicha bitim va litsenziya shartnomasi ham imzolandi.
«Buxoro NQIZ modernizatsiya qilish va qayta qurish» loyihasi mavjud quvvatlarni qayta ishlash chuqurligini 79 foizdan 95 foizgacha oshirish, tiniq neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 77 foizdan 91 foizgacha oshirish va «Yevro 5» standartining talablariga javob beradigan neft mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.
Ushbu loyiha doirasida umumiy naftani gidrotozalash, yengil naftani izomerizatsiya qilish, vodorod tozaligini oshirish uchun qisqa siklli adsorbsiya qurilmalari va mazutni katalitik krekinglash kompleksini yangidan qurish hamda nordon gazlarni aminli tozalash, gazoylni gidrotozalash, neft va gaz kondensati aralashmalarini atmosfera distillash qurilmalarini qayta qurish rejalashtirilgan.
Ta'kidlash kerakki, neft-kimyo va energetika sanoatida loyihalash va qurish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan «Honeywell UOP» kompaniyasi lizenziya va texnologik uskunalarning pudratchisi sifatida O‘zbekistondagi 20dan ortiq yirik loyihalarda ishtirok etgan. Shular qatorida, «Qandim» gazni qayta ishlash zavodida gazni quritish va merkaptanlardan tozalash jarayoni ham bor.
Ma'lumot uchun: «Honeywell UOP» kompaniyasi 1886 yilda tashkil etilgan bo‘lib, neft va gazni qayta ishlash, neft-kimyo sanoatida sanoat texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etishda yetakchi hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024