Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya sudi muxolif partiya yetakchisining Erdo‘g‘anga 52 ming dollar to‘lashi kerakligi to‘g‘risida hukm chiqardi
Kamol Qilichdoro‘g‘lu 2017 yil noyabrda parlamentdagi chiqishida Erdo‘g‘an va uning oila a'zolari Britaniyaning Men orolidagi kompaniyalarga yirik miqdorda pul o‘tkazganini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgandi.
Turkiya sudi xalq-respublika muxolif partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘lu mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning qarindoshlariga 369 ming lira (52 ming dollar) to‘lashi kerakligi to‘g‘risida hukm chiqardi, deb xabar berdi NTV telekanali. U mamlakat yetakchisini moliyaviy firibgarlikda ayblagandi.
Sud Qilichdoro‘g‘lu taqdim etgan hujjatlar haqiqiyligini e'tirof etdi, ammo pul o‘tkazmalari qonuniy tarzda amalga oshirilganini ta'kidladi.
Qilichdoro‘g‘lu 2017 yil noyabrda parlamentdagi chiqishida Erdo‘g‘an va uning oila a'zolari Britaniyaning Men orolidagi kompaniyalarga yirik miqdorda pul o‘tkazganini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgandi.
Erdo‘g‘an va uning advokatlari hujjatlarni qalbaki, Qilichdoro‘g‘luning bayonoti esa ichiqoralik ekanligini aytgan hamda uni sudga bergandi.
Prezident ma'naviy zarar uchun Qilichdoro‘g‘ludan 1,5 mln lira (300 ming dollardan ortiq) talab qilgan.
Mavzuga oid
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026