Farzandning haqi, otalik majburiyati - alimentning huquqiy va diniy asoslari haqida
|21:18 / 17.07.202031 97311 min
Ota-ona özaro kelişa olmadi. Oila birgalikda yaşaşni töxtatdi. Farzandlar esa onasi yoki bobo-buvisi bilan yoxud otasi bilan yaşaşni davom ettiradi. Ajrimdan söng ota va ona öz yölini topib ketar, ammo har qanaqasiga bolalarga oson bölmaydi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Mana şunday vaziyatda bola huquqlarini himoya qiliş va uning moddiy ta'minoti uçun davlat tomonidan aliment undirib beriladi. Aliment bu – ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga, şuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta'minot beriş majburiyati hisoblanadi.
Biz ayni mavzuning huquqiy va diniy tomonlari yuzasidan töliqroq ma'lumot oliş uçun Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bölim boşliği Uluğbek Aşurov va Özbekiston musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon domla Işmatbekovga murojaat qildik.
Dastlab alimentga oid qonunçilik talablariga töxtalib ötsak.
MIBning har törtta undiruvidan bittasi – aliment
Aliment tölovlari avvalo bolalarning ta'limi, sifatli ovqatlanişi, ruhan soğlom va barkamol ulğayişiga xizmat qiladi, deydi MIB bölim boşliği Uluğbek Aşurov.
Uluğbek Aşurov
U bergan ma'lumotga köra, joriy yilning 1 iyul holatiga köra, Majburiy ijro byurosida iş yurituvidagi 992 mingdan ortiq ijro hujjatlarining 245 mingdan ortiğini (24 foizi) aliment tölovlariga oid işlar taşkil qiladi. 2019 yilda esa 224 ming ijro işi alimentga doir bölgan.
MIBga 1 iyulgaça kelib tuşgan 58 500ga yaqin murojaatning 39 mingdan ortiği, ya'ni 66 foizi ham alimentga oid murojaatlar hisoblanadi.
126 710ga yaqin aliment qarzdorlari tölovlarini öz vaqtida tölab kelayotgan bölsa, 58 190ga yaqinining ijro hujjati böyiça aliment pullari davlat ijroçilari tomonidan qarzdorlarga majburiy ijro etiş çoralarini qöllaş orqali undirib kelinmoqda.
Demak, 58 190ga yaqin aliment tölovçi aliment pulini öz xohişi bilan tölamaydi.
Ota öz daromadini yaşirsa
Aliment tölovçi öz daromadini yaşirişi holatlari talaygina. Bunda agar qarzdor ota iş haqini kamaytirib körsatgan bölsa, MIB xodimlari iş haqi körsatilgan hujjatga qarab iş tutişga majbur, biroq iş haqi aliment puliga yetmasa, unda qarzdor otaning mol-mulkiga qaratiladi. Va aliment puli otaning mol-mulkiga qarab undiriladi.
Yaraştirişga ham harakat qilinadi
«Oilaviy munosabatlarni tiklaş, farzandlar uçun aliment tölaş, aliment undiruvidagi qarzdorlik masalalarini hal etişda davlat va jamoat taşkilotlarining hamkorligi yaxşi samara beradi.
Mavzuga oid
Byuro organlari ijroçilari tomonidan aliment tölovlari böyiça qarzdor va undiruvçilar bilan ötkazilgan tarğibot tadbirlari natijasida 1 iyulga qadar 1463ta ijro hujjati yuzasidan taraflar özaro yaraştirişga erişilgan. 2019 yilda esa 12 912ta oila yaraştirilgan», – deya ma'lum qildi Uluğbek Aşurov.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov pandemiya boşlangaç, qator korxonalar faoliyati töxtatilişi tufayli işsizlar soni qariyb 2 millionga yaqinlaşganini ma'lum qilgan edi. Bu aliment oluvçi bolalarning moddiy ta'minotiga ham ta'sir qilişi aniq.
«Bunday vaziyatda agar qarzdorning imkoniyati bölmasa, aliment puli karantin vaqtida farzand uçun neçoğlik muhimligini tuşuntirib, mas'uliyatini oşiriş yöllarini köramiz, şunaqa tadbirlar davomida ba'zida bobo-buvilar ham nevarasi uçun aliment pulini tölaşga yordam bergan holatlar ham bölgan», – deydi Uluğbek Aşurov.
Alimentni oldindan tölab qöyiş ham mumkin
Alimentlarni oldindan tölaş, şuningdek, aliment tölaş majburiyatini ta'minlaş böyiça garov şartnomasini tuziş tartibi töğrisidagi nizomda alimentlarni oldindan tölaş yoki aliment tölaş majburiyatini ta'minlaşda garov taqdim etiş asoslari belgilangan.
«Qarzdor otalar farzandlari uçun ular voyaga yetguniga qadar bölgan davr 5 yildan kam bölmagan muddatga alimentlarni oldindan tölaşi mumkin. Alimentlarni oldindan tölaş vaqtida agar bolalar voyaga yetguniga qadar bölgan davr 5 yildan kam bölsa, alimentlarni oldindan tölaş qolgan davr uçun amalga oşiriladi», – deydi Aşurov.
Aliment tölamagan şaxs javobgar böladi
Aliment tölaşdan böyin tovlaydigan qarzdorlarni javobgarlikka tortiş belgilab qöyilgan.
Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-4-moddasiga köra, moddiy yordamga muhtoj bölgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxsni moddiy ta'minlaşdan böyin tovlaş, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlaş uçun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyruğiga binoan undirilişi lozim bölgan mablağni jami bölib 2 oydan ortiq muddat mobaynida tölamaslik 15 muddatga ma'muriy qamoqqa olişga sabab bölişi mumkin yoki ma'muriy qamoq qöllanilişi mumkin bölmagan şaxslarga BHMning 20 baravari miqdorida jarima solinişi mumkin.
Birinçi marta huquqbuzarlik sodir etgan şaxs, agar u ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni köriş jarayonida aliment majburiyatlari böyiça qarzdorlikni ixtiyoriy ravişda tölagan bölsa, javobgarlikdan ozod etiladi. Qarzdorlarga nisbatan ma'muriy jazo qöllanilganidan söng ham aliment tölaş majburiyati bajarilmasa, bu ularni jinoiy javobgarlikka tortişga asos böladi.
Jinoyat kodeksining 122-moddasiga asosan, moddiy yordamga muhtoj bölgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxsni moddiy ta'minlaşdan böyin tovlaş, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlaş uçun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyruğiga binoan undirilişi lozim bölgan mablağni jami bölib 2 oydan ortiq muddat mobaynida tölamaslik, şunday qilmiş uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilsa, jinoiy javobgarlikni keltirib çiqaradi.
Islomda bolaning ota-onadagi haqi haqida
Bolaning ota-onasi tomonidan ta'minlanişi qonunçilik bilan belgilab qöyilganidek, Islomda ham bolaning ota-onadagi haqi aniq körsatilgan.
Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon domla Işmatbekov ma'lumot berdi.
Homidjon Işmatbekov
— Islom dini bolalarga ğamxörlik qiliş va ularning barça haq-huquqlariga rioya qilişga çaqiradi. Farzandga bölgan bu e'tibor nafaqat u dunyoga kelgandan keyin, balki tuğilmasidan oldin boşlab yuboriladi va bu e'tibor farzand hayotining barça davrlarini öz içiga oladi. Bu haqlarni ado etiş vojib bölib, unga amal qiliş majburiy hisoblanadi.
Ulamolarimiz aytadilarki, bolalarning huquqlari ikki qismga bölinadi: bola tuğilişidan oldingi va bola tuğilganidan keyingi haqlari.
Bola tuğilişidan avvalgi haqlar
1. Nasab. Ota-onasining nikohlanişi ortidan dunyoga kelişi. Nikohning asl maqsadlaridan biri ham nasl-nasabni saqlaşdir. Busiz oila ham, jamiyat ham bölmaydi. Farzandning ota-onasi nikohdan ötgan, halol-pok yaşagandagina nasabi aniq va pok böladi.
2. Bölajak farzandga munosib ona va ota tanlaş. Oila qurişda ota-onaning dindorligiga, axloqiga, odobiga, insoniyligiga alohida e'tibor beriş lozim. Çunki ota-onadagi xislat va fazilatlar, yomon odatlar bolaga ham ötadi.
Bola tuğilganidan keyingi haqlar
– emiziş;
– munosib ism tanlaş;
– nafaqa. Bolalarni oziq-ovqat, kiyim-keçak, turar-joy bilan ta'minlaş – otaning burçi. Bu narsalar halol-pok bölişi şart.
– ta'lim-tarbiya beriş;
– bolaga mehr körsatiş;
– bolalar orasida adolat qiliş.
Farzand nafaqasi – ota zimmasida
Hozirgi kunda köp uçraydigan holatlardan biri şuki, erlar xotiniga aççiq qilib bolalaridan yuz ögiryapti, ularning holidan xabar olmay nafaqasiz qoldirmoqda. Vaholanki, şariat öğil bolalar voyaga yetguniça, qiz bolalar va nogiron farzandlar esa baloğatga yetganda ham ularning nafaqasini otaning zimmasiga vojib qilgan.
Alloh taolo Baqara surasining 233-oyatini «U(ona)larni yaxşilab yedirib, kiyintiriş otaning zimmasida», – deya nozil qilgan.
Bu oyati karima oilada taloq sodir bölib er-xotin ajraşib ketgan holatda örtada qolgan bolalarning, xususan, emizikli bolalarning taqdiri nima bölişi, ularning nafaqasi kimning zimmasida bölişi haqida nozil bölgan.
Bolani emizgani sabab onaning nafaqasi bolaning otasi zimmasiga yuklatilganidan keyin, bolaning öziga nafaqa beriş ham otaning zimmasida ekaniga heç şubha yöq. Bolaning nafaqasi otaning zimmasida ekani haqida Fatovoi Hindiya kitobida: «Baloğatga yetmagan bolalarning nafaqasi otasining zimmasida, unga heç kim bu işda şerik bölmaydi (ya'ni, örnini bosmaydi)», – deya yozilgan.
Ota farzandlari xoh özining qaramoğida bölsin, xoh boşqa joyda bölsin, ularni oziq-ovqat, kiyim-keçak, ta'lim-tarbiya, davolaniş va boşpanaga bölgan ehtiyojini özining imkoniyatiga qarab ta'minlaşi kerakligi ularning zimmasidagi vojib bölgan burçidir.
Hozirgi kunda tegişli organlar tomonidan belgilanayotgan nafaqalar (aliment)dan ota boş tortişi joiz emas, balki bolasini moddiy va ma'naviy jihatdan ta'minlaş uning burçidir. Ahli ayol va bolalarni nafaqa bilan ta'minlaş Alloh uçun qilinsa, savobi uluğ işlardan hisoblanadi.
Farzand ta'minotiga oğringan otalar haqida
Ota zimmasiga şariat tomonidan yuklangan vazifasini imkoni böla turib bajarmasdan kamçilikka yöl qöysa, ya'ni bolalarini nafaqasiz oç-nahor qoldirsa, bolalarga nisbatan zulm qilgan bölib, qattiq gunohkor böladi. Abdulloh ibn Amir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Kişining öz qaramoğidagilarni taom bermay zoye qilmoğligi gunohkor bölişiga kifoya qiladi», deganlar.
Ya'ni, kişi zimmasida ularga nafaqa berişi lozim bölgan insonlarga: xotiniga, bolalariga va muhtoj bölgan ota-onasiga nafaqasini bermay ularni oç-nahor holatda halokatga taşlab qöyilişi, gunohkor bölişiga yetarlidir.
Fiqhiy kitoblarimizda bunday kişlarni öz holiga taşlab qöymasdan ularni jazoga tortiş haqida hukmlar kelgan. Xususan, Fatovoi Hindiya kitobida şunday deyilgan: Agar ota kasb qilib bolalariga nafaqa qilişdan boş torsa, kasb qilişga, nafaqa qilişga majburlanadi, şundan ham boş torsa hibsga olinadi. Agar ota kasb qilişga qodir bölmasa, qozi uning zimmasiga nafaqani yuklaydi, ota nafaqa topgunça onaga erining nomidan nafaqa uçun qarz olib turişga ruxsat beradi. Ota pul topib ana şu qarzlarni uzadi.
Huddi şuningdek, ota bolalarining nafaqasiga yetadigan moli böla turib bolalarining nafaqasini bermayotgan bölsa, qozi otaning zimmasiga nafaqani yuklaydi, ona ota nafaqa bermagani uçun yonidan bolalariga sarflagan nafaqasini otadan undirib oladi. Xuddi şuningdek, qozi otaning zimmasiga nafaqani yuklaganidan söng ham ota bolalarini nafaqasiz taşlab qöygan bölsa, ona qozining buyruği bilan otaning nomidan qarz olgan bölsa, bu qarzlarni ham ota tölaydi.
Umuman olganda, ota tirik ekan, bolalarini baloğatga yetguniça ozuqasiz, ust-boşsiz, dori-darmonsiz va boşpanasiz taşlab qöyişga şariatimiz ruxsat bermaydi.