«Zamon» körsatuvi xabariga köra, Hayitov familiyali erkak 2025 yil 3 noyabr kuni spirtli içimlik ta’sirida qaynotasiga tegişli xonadonga borgan. U yerda ikki nafar farzandi bilan yaşab kelayotgan turmuş örtoği bilan uçraşgan. Aniqlanişiça, ayol avvalroq turmuş örtoğini aliment undiriş masalasida sudga bergan va sud qaroriga köra erkak 15 sutkaga qamalgan.

Erkak jazo muddatini ötab çiqqaç, mojaro yanada keskinlaşgan. Tergov ma’lumotlariga köra, u aliment tölaşdan qutuliş maqsadida voyaga yetmagan farzandlari köz öngida çöntagida olib kelgan oşxona piçoği bilan turmuş örtoğiga bir neça marotaba tan jarohati yetkazgan. Şundan söng u 2023 yilda tuğilgan qiziga ham piçoq bilan zarba bergan.

Oqibatda bola voqea joyida halok bölgan, ayol esa şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda jon bergan. Jinoyatni sodir etgan erkak voqea joyidan qoçib ketgan. Jinoyat işlari böyiça Özbekiston tumani sudi uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j”, “i” bandlari bilan aybdor deb topib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. U jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaydi.