Pandemiya davrida O‘zbekistonda ishsizlar soni 2 millionga yaqinlashdi – Vazir
O‘zbekistonda pandemiyadan oldin ishsizlar soni o‘rtacha 1 million 350 mingga yaqin edi, pandemiya davrida ishsizlar soni qariyb 2 millionga yaqinlashdi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda 550 mingga yaqin mehnat muhojiri boshqa davlatlarga ishlash uchun chiqib keta olmagan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Xalqaro press-klubning Farg‘ona viloyatiga bag‘ishlangan sonida O‘zbekistondagi ishsizlik darajasi haqida ma'lumot berdi.
«Barcha davlatlarga pandemiya o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatdi. O‘zbekistonda ham pandemiyadan oldin ishsizlar soni o‘rtacha 1 million 350 mingga yaqin edi, pandemiya boshlangach qator korxonalar faoliyati to‘xtatildi va ishsizlar soni qariyb 2 millionga yaqinlashdi», deya statistik ma'lumotlarni ma'lum qildi vazir.
Ta'kidlanishicha, bu raqamlardan tashqari mehnat muhojirlariga tegishli statistikalar ham mavjud. Ayni paytda O‘zbekistonda 550 mingga yaqin fuqaro boshqa davlatlarga ishlash uchun chiqib keta olmagan.
«Ular bir necha yillar davomida boshqa davlatlarda ishlab kelishgan va qo‘llarida hunari, kasbi bor. Oldimizda turgan vazifa esa shunday fuqarolarning bandligini ta'minlashdan iborat.
Ijtimoiy soha obektlarini qurish uchun Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan 3,6 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Har bir viloyatda 50-60ta ijtimoiy soha obektlari qurilishi boshlandi», dedi Nozim Husanov.
Vazirning qayd etishicha, hududlardagi Bandlik markazlari orqali chetga chiqib keta olmagan mehnat muhojirlari yashab turgan hududlarida qurilayotgan obektlarga o‘z kasblari bo‘yicha ishga jalb qilinmoqda.
«Shuningdek, Toshkent shahri viloyatlar bilan ham bog‘langan. Masalan, o‘tgan oyda Sergeli tumanidagi qurilayotgan binolarga 1,5 mingga yaqin mehnat muhojirlarini qonuniy tarzda ishga oldik. Ular hozir 1,5 millon so‘mdan 4,5 milliongacha oylik maosh olyapti», deya qo‘shimcha qildi vazir.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
O‘zbekiston | 15:42
-
Trampning bojlaridan Isroil iqtisodiyoti 3 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin
Jahon | 15:31
-
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2 foizga ko‘paydi
O‘zbekiston | 15:29
-
Brent nefti narxi 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi
Jahon | 15:24
Mavzuga oid

13:46 / 14.03.2025
Xitoy pandemiya kelib chiqishi masalasida vazminlikka chaqirdi

16:37 / 02.01.2025
Ayollarning ishlamasligi: madaniy cheklovmi yoki iqtisodiy?

17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi

07:50 / 02.11.2024