Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzan Qodirov «Grozniy» telekanalining sahifalariga obuna bo‘lmaganlarni «xavfli odamlar» deb atadi
Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov respublikaning bosh telekanali «Grozniy»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga a'zo bo‘lmagan rahbarlarni «xavfli odamlar» deb atadi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikadagi Xoy qishlog‘ida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda barcha rahbarlarni ChGTRKning (Checheniston davlat teleradiokompaniyasi) «Grozniy» telekanali sahifalariga obuna bo‘lishga chaqirdi.
«Tushunmayman, qanday qilib Instagramda sahifasi bo‘lgan odam ChGTRKning «Grozniy» telekanali sahifasiga obuna bo‘lmasligi mumkin? Axir hamma yangiliklar o‘sha yerda-ku! O‘z vatanida bo‘layotgan yangiliklarni bilmay turib qanday yaxshi ishlash mumkin?
Ularni davlat xodimi, buning ustiga bizning yo‘ldoshimiz bo‘lgan birodar deb bo‘lmaydi. Agar kimki «Grozniy»ning YouTube va VKontaktedagi sahifalariga a'zo bo‘lmasa, u biz uchun xavfli inson», degan Qodirov.
Ma'lumot uchun, Checheniston aholisi 1,4 million kishiga yaqin. ChGTRKning «Grozniy» telekanalini esa YouTube'da 426 mingdan ko‘proq o‘quvchi kuzatib boradi. Bu respublika aholisining deyarli 30 foiziga teng degani.
Mavzuga oid
18:42 / 08.02.2026
Ukraina asirligidan 20 nafar chechen qaytarildi. Ular jangsiz taslim bo‘lishganini aytishgandi
19:43 / 04.01.2026
Qodirov omma oldida hassa tutgan holda ko‘rinish berdi
16:35 / 23.10.2025
Grozniyda g‘alati tadbir: Daudov Qodirovning o‘rnini egallaydimi?
08:26 / 01.07.2025