20:06 / 17.07.2020
5991

Samarqandning bosh sanitar shifokori o‘zgardi

Samarqandda bosh sanitar shifokor o‘zgardi. Yangi bosh shifokor shu vaqtgacha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbarining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlayotgan edi.

Foto: Adham Bahromovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi

Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘zgardi. Bu haqdagi ma'lumotni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Kun.uz muxbiriga tasdiqladi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, ayni kunga qadar mazkur lavozimda ishlab kelgan Xayrulla Boymurodov o‘rniga Adham Bahromov viloyat SEOM bosh shifokori etib tayinlangan. Adham Bahromov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Oldinroq Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov samarqandliklarga murojaat yo‘llab, Samarqand shahrida ahvol yaxshi emasligini aytgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektorda Samarqand viloyati murakkab epidemiologik vaziyatdan chiqib ketganini e'tirof etgandi.

Top