Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangkokda namoyishchilar parlamentni tarqatib yuborish va konstitutsiyani qaytadan yozishni talab qildi
Tailand poytaxtidagi Demokratiya yodgorligi oldida yuzlab namoyishchilar hukumatdan parlamentni tarqatib yuborish va amaldagi konstitutsiyani qaytadan yozishni talab qildi.
Ushbu aksiya "Erkin yoshlar" guruhi tomonidan tashkillashtirildi, deb yozadi Bangkok Post gazetasi.
"Erkin yoshlar" rahbari Tattep Riangpraraykitseri a'zolari orasida koronavirus yuqtirganlar bo‘lgan Misr harbiy delegatsiyasi haqida gapirdi.
"500 mingga yaqin kishi ishini yo‘qotmoqda. Kasallik tarqalishi deyarli to‘xtatilgandi, ammo hukumat cheklovlarni olib tashladi va kasallikka chalingan vip-mehmonlarni mamlakatga kiritdi", - dedi u.
Pandemiya boshlanganidan buyon Tailandda koronavirus yuqtirganlar soni 3200dan oshgan, 246 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
10:21 / 30.04.2026