Jeenbekov: Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li havodek zarur
17 iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov respublika transport va yo‘llar vaziri Janat Beyshenov bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.
Qirg‘iz respublikasi davlat rahbari axborot siyosati bo‘limi xabar qilishicha, Transport va yo‘llar vaziri Janat Beyshenov ichki yo‘llarni loyihalashtirish va qurish, rekonstruksiya qilish, mamlakatning yirik avtoyo‘llarini qurish bo‘yicha axborotlarni taqdim qilgan. Vazir, shuningdek, “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasi bo‘yicha qurilishning borishi to‘g‘risida ham ma'lumot taqdim etgan.
Sooronbay Jeenbekov “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini amalga oshirish ahamiyatiga alohida urg‘u berib, bu bo‘yicha barcha tomonlarning siyosiy qarorlari qabul qilinganini eslatdi.
“Bizning dengizga chiqish imkonimiz yo‘q. Pandemiya sharoitida yanada qamalib qoldik. Chegaralar yopildi, nafaqat iqtisodiy, balki oziq-ovqat xavfsizligi borasida ham xavotirlar paydo bo‘ldi. Aholini birinchi galda zarur mahsulotlar bilan ta'minlash masalasi kun tartibiga chiqmoqda. Shuning uchun mamlakatning tranzit salohiyatini ko‘tarish juda muhim hisoblanadi, “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasi bizga havodek zarur”, - degan Jeenbekov.
Prezident bu yo‘nalishda uzluksiz ishni tashkil etish zarurligini ta'kidlab, vazirlikning “Qirg‘iz temir yo‘li” milliy kompaniyasi ustidan nazoratini kuchaytirish kerakligini qayd etdi.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
19:32 / 07.11.2024