“Şe'riyatga oşno xuşxulq, faqih obröli,
grammatikani kasb qilgan ahmoq böladi”
(Arab xalq maqoli)

Ehtiroslar qizğinligi masala muhimligiga teskari nisbatda

Bugungi pandemiya şaroitida ona tili ta'limi haqidagi bahs-munozaralar bir qaraşda kişiga eriş tuyuladigan masala. Ammo pandemiya ötib ketadi, ona tilimiz esa har doim biz bilan birga. Bu – köhna va hamişa navqiron mavzu. Bundan ön yillar burun men ona tili ta'limidagi hozir gapirilişi köpçilik uçun urf bölgan, kerak bölsa, özini ommaga tanitiş, ommaning e'tiborini tortiş vositasiga aylangan muammolar haqida yoza boşlaganimda, “bir özingiz kuyinib, öz yoğingizga qovrilyapsiz, yolğiz otning ... donği çiqmas” degan istehzolar bölar, men esa heç ikkilanmasdan: “ğoya omma ongiga singgaç, moddiy kuçga aylanadi” degan fikrda turganman va harakatda davom etganman. Demak, hafsala, sobitqadamlik bilan kirişilsa va qat'iyat bilan harakat qilinsa, ğoya, agar u hayotbaxş bölsa, taxminan ön yillarda moddiy kuçga aylana oladi. Har qanday ijtimoiy e'tirof etilgan muammo – yeçimning onasi. Bugun ona tili ta'limi atrofidagi ayovsiz munozaralar, kim nima deyişidan qat'i nazar, uning yangi sifat bosqiçiga kötarilayotganidan dalolat beradi. Biz yaqin ön yillar içida muhtaşam ona tili ta'limiga ega bölamiz. Bunga mutaxassis sifatida töla aminman!   

Bugungi bahsu munozaralarda ikki masala öta dolzarb bölib turibdi. Biri dars soatlari bölsa, ikkinçisi ta'limdagi ortiqça ilmiylik, keraksiz grammatizm, almisoqdan qolgan lingvistikabozlik. Ta'lim bamisoli uçburçak: nimani, qanday va qança öqitiş kerak. Bu nimani, qanday va qança yeyiş yoki içiş kerakligiga öxşaydi. Asosiy muammo nimani qanday iste'mol qiliş kerakligi. Qança yeganingiz bilan yeyişni bilmasangiz, foydasi yöq. Bir paqir suv içsangiz ham, içişni bilmasangiz, bir stakançalik foyda ololmaysiz. Demak, asosiy muammo – nimani qanday öqitiş kerakligi. Biz esa asosiy masala qolib, eng sönggi muammo – qança öqitiş masalasi bilan band bölib qolyapmiz. Va şu tariqa muammo markazidan uzoqlaşib ketyapmiz. Mutaxassislar çuqur tadqiqotlar olib borib, qaysi fanni haftada qança öqitiş kerakligini ilmiy-fiziologik, psixologik va pedagogik jihatdan asoslab berişlari kerak. Bu fanlarning xususiyatidan kelib çiqadi. Agar ona tili ta'limi jozibador bölsa, balki uni 6 emas, 7 soat öqitiş kerakdir. Biz – mutaxassislar, uni asoslab berişimiz kerak emasmi?

Ona tilimizning muzlatilgan, sovuq ta'limi jamiyatda uni keraksiz degan ijtimoiy fikr uyğonişiga sabab böldi. Bunga biz – soha egalari aybdormiz. Har birimiz illatni özimizdan qidirsak, şifosiga erişamiz.