Umumiy örta ta'limda ona tilini öqitiş dasturlarini tubdan qayta körib çiqiş kerak, çunki hozir ötilayotgan qator mavzularni til malakasi sifatida amalda işlatib bölmaydi, deb hisoblaydi filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev.
Olimning bu boradagi mulohazalari quyida qisqaroq şaklda keltirib ötiladi.
Keraksiz mavzular
Tarixda ilm va olimlar turli tomondan tasnif qilingan. Jumladan, Abu Homid Ğazzoliy ilmlarni uçga: foydali, foydasiz va zararli ilmlarga bölgan.
Menimça ham, ona tili böyiça hosil qilinadigan malakani ikkiga ajratiş mumkin:
1) til jamiyatidan özlaştiriladigan malaka (fonetik va grammatik malaka);
2) maktabda egallanadigan malaka (imlo, punktuatsiya, leksika va b.)
Fonetika va grammatikaning imlo bilan boğliq jihatidagina ta'limga ehtiyoj sezamiz. Fonetika va grammatikaga doir bundan boşqa bilimlarni keraksiz bilim, deyiş mumkin. Şu asosda ona tili ta'limida «kerakli» (işlaydigan) va «keraksiz» (işlamaydigan) bilimni farqlaş lozim.
Ona tili darsliklariga yillar davomida kirib qolgan va «işlamaydigan», ta'limiga davlat mablaği, öquvçining vaqti va ota-onaning puli behuda sarflanayotgan bunday mavzularni qanday ajratamiz? Ayrim misollarni keltiraman:
1. Urğu bilan boğliq mavzular. Özbek tili – agglyutinativ til. Bunday tillarda grammatika juda rivojlangan, şuning uçun söz ma'nolarini urğu farqlamaydi va u nutqda sezilarsiz böladi (közlar – «köp köz»; közlar – «möljallar»). Uni ta'lim bilan rivojlantiriş imkonsiz. Özbek tilidagi söz urğusi qoidalar asosida aniqlanadi, nafaqat öquvçi, hatto öqituvçining özi ham uni topişda qiynalişining sababi ana şunda. Uni öqitişga heç qanday hojat yöq. Bu mavzu 1-sinfdan 11-sinfgaça taxminan 5 soat hajmida öqitiladi.
2. Söz yasalişi bilan boğliq mavzular. Til egalari nutqida söz yasamaydi, balki (tubmi, yasamami) tayyor sözdan foydalanadi. Söz yasamas ekanmiz, bu böyiça bilimlar ham işlamaydi. Demak, bu mavzu ta'limi ham keraksiz. Mavzu 1-sinfdan 11-sinfgaça taxminan 12 soat öqitiladi.
3. Sözlarning birikiş usullari











