Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston koronavirusdan o‘lim darajasi bo‘yicha dunyoda «peshqadam» bo‘lib oldi
Qirg‘izistonda pnevmoniya va koronavirusdan o‘lim holatlari statistikasi birlashtirildi, natijada mamlakat COVID-19 kasalligidan o‘lim darajasi bo‘yicha dunyo «peshqadami»ga aylandi.
18 iyul kuniga Qirg‘izistonda COVID-19 va pnevmoniya bilan xastalanganlarning laboratoriya va klinik-epidemiologik tasdiqlangan holatlari 25047ni tashkil qilmoqda. 7237 bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan, 923 nafari vafot etgan.
AKIpress nashrining yozishicha, haqiqiy raqamlar 200 mingni tashkil qilishi mumkin. Faqat antitana uchun olingan test natijalarigina haqiqiy holatni aniqlab bera oladi.
«16 iyul kunining o‘zida shifoxonalarga 41308 kishi murojaat qilgan. Ular hayoti xavf ostida qolayotganiga asos bor deb hisoblab, shifokor nazoratida davolanishni lozim ko‘rishgan. Ularning ko‘pchiligi PZR tahlil topshirmagan va rasmiy statistikaga kiritilmagan», - deyiladi maqolada.
Qirg‘izistondagi ma'lumotlarning birlashtirilishi xalqaro statistikaga ta'sir qilmadi. Shu sababli Worldometers va Jons Hopkin Universiteti 18 iyul kuniga mamlakatda 13101 koronavirusdan zararlangan va 173 o‘lim holatini ko‘rsatmoqda.
17 iyul kuni Koronavirusga qarshi kurash shtabi 1 sutkada COVID-19 va pnevmoniyadan 83 kishi vafot etganini e'lon qildi.
O‘lim darajasining bunday ko‘rsatkichlari bilan Qirg‘iziston Yevropada antirekordchi bo‘lib oldi (16 iyul kuni qit'adagi eng yuqori o‘lim darajasi Buyuk Britaniyada qayd etildi – 66 kishi), Osiyoda 5-o‘ringa (Hindiston - 680, Eron - 198, Rossiya - 167, Iroq - 90), Afrikada 2-o‘ringa (JAR - 216), Amerikada 7-o‘ringa (Braziliya - 1299, AQSh - 963, Meksika - 579, Kolumbiya - 215, Peru - 198, Chili - 104) ko‘tarildi.
«Va nihoyat so‘nggi raqamlar: 6,5 mln aholiga 83 o‘lim yoki 1 million aholiga o‘rtacha 12,8 o‘lim – 16 iyul kuni dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsaktich. Kundalik o‘lim soni eng yuqori bo‘lgan Braziliyada bu ko‘rsatkich 2 barobar past – 1 million aholiga 6,1 o‘lim. Epidemiya cho‘qqiga chiqqan paytda bunday ko‘rsatkich Yevropaning bir necha mamlakatlari - Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Belgiya, Fransiyada qayd etilgan» - deb xulosa qildi nashr.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026