Toshkentda taksilarga nisbatan reydlar o‘tkazildi
Toshkent shahrida karantin davrida taksi narxini sun'iy oshirish holatlari va belgilangan talablarga rioya etilishini o‘rganish uchun 17 iyul kuni taksi xizmati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Transport vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati mutaxassislari yo‘llardagi mavjud vaziyatni o‘rgandi, deyiladi Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.
«Yo‘l patrul xizmatining 14ta statsionar postida soat 10:00dan 17:00gacha taksi haydovchilarining sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi me'yorlariga qay darajada amal qilayotgani, faoliyat yuritish uchun litsenziyaning mavjudligi, xizmat ko‘rsatish narxlari o‘rganildi.
Nazorat tadbirlarida 45ta qonunbuzilish holati qayd etildi: sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi me'yorlariga amal qilmaslik (22), noqonuniy faoliyat yuritish (23). Ushbu holatlar bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Shuni ta'kidlash joizki, avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-3-moddasiga asosan, fuqarolarga BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha, ya'ni 4,5 mln so‘mdan 22,3 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq xizmati organlari xodimlari taksi xizmati narxlari ikki baravar oshirilganini aniqladi. Bu haqida 108 nafar norozi bo‘lgan yo‘lovchilar ma'lum qildi.
Hozirgi murakkab vaziyatda narxlarni asossiz oshirib yuborish qanchalik qonuniy va insoniylikka mos? Xulosa o‘zingizdan», – deyiladi Davlat soliq soliq qo‘mitasi axborotida.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
18:50 / 29.10.2024
Toshkentda ikki talaba taksichini o‘ldirib, mashinasini olib qochmoqchi bo‘ldi
07:50 / 25.10.2024
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi
19:57 / 28.08.2024