Jamiyat | 18:12 / 19.07.2020
8476
2 daqiqa o‘qiladi

«Avtomobilsiz shanba va yakshanba». Toshkent viloyatida qat'iy cheklovni buzgan 130dan ortiq haydovchiga chora ko‘rildi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan iyul oyining oxirgi 2 haftasining shanba va yakshanba kunlari avtomobillar harakati qat'iy cheklangan.

«Joriy qilingan cheklovlar yuzasidan ichki ishlar organlari va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda tushuntirish va ogohlantirishlarga qaramay, Toshkent viloyati bo‘yicha 132 nafar haydovchi o‘zlari va o‘zgalar hayoti va sog‘ligini xavfga qo‘yib, qolaversa, karantin qoidalarini buzgan holda bugun (shanba) ham harakatlanishni davom ettirgani aniqlanib, tegishli chora ko‘rilib avtotransportlar jarima maydoniga qo‘yildi.

Ushbu qoida buzgan haydovchilarning asosiy qismi Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq va Bekobod tumanlari hududiga to‘g‘ri keladi. Shu o‘rida haydovlardan, ushbu vaqtinchalik cheklovlar avvalo o‘zlari va yaqinlar, qolaversa, har bir fuqaro xavfsizligi va salomatligini uchun ekanligini yana bir bor to‘g‘ri tushunib, tartib-qoidaga qat'iy amal qilishlarini so‘raymiz», -deydi Toshkent viloyati IIBB YHXB Matbuot guruhi rahbari katta leytenant Rustam Askarov.

Ma'lumot uchun, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan, shanba va yakshanba (18-19 iyul va 25-26 iyul) kunlari respublika miqyosida avtotransport vositalari, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilar harakati to‘liq to‘xtatilishi e'lon qilingan edi.

Shanba va yakshanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomashinalarga harakatlanish uchun ruxsat beriladi:

- maxsus ruxsatnoma (stiker)lari bor bo‘lgan avtotransportlar;

- maxsus ruxsatnoma (stiker)siz yurish huquqiga ega bo‘lgan avtotransportlarga.

Shuningdek, aholiga – «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat'iy rioya etgan holda o‘z uylarida qolish;

- davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga – xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish belgilangan.

Mavzuga oid