Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada koronavirusdan eng uzoq vaqt davolangan bemor sog‘aydi
Britaniyada koronavirusdan eng uzoq davolanish holati qayd etildi. Fotima Bridl shifoxonada 130 kun yotdi, shundan 105 kunni o‘pkani sun'iy shamollatish apparatiga ulangan holatda o‘tkazdi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, ayol Marokashga qilgan sayohati davomida virusni yuqtirib olgan. 6 mart kuni qaytib kelib, o‘zida shamollash alomatlarini his qilgan. Shundan keyin uning ahvoli tezda yomonlashgan. Oradan 1 hafta o‘tgach hatto nafas ololmay qolgan. 18 mart kuni ayol shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan va 40 kun davomida hushsiz yotgan. Koronavirus natijasida unda pnevmoniya va sepsis boshlangan.
Shifokorlar uning o‘pka faoliyatini 40 foizga tiklashga muvaffaq bo‘lishgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok matbuot anjumanida bemor haqida ma'lumot berib, uning sog‘ayishi haqiqiy mo‘jiza ekanini aytdi.
Endi 35 yoshli Fotima Bridl bitta o‘pka bilan yashashga majbur. Ayol mushak holsizligi tufayli mustaqil yurolmayapti va xodunokdan foydalanmoqda. U jismoniy mashg‘ulotlar bilan mushaklarini tiklab olishdan umidvor bo‘lmoqda.
Olimlar bayonotiga ko‘ra, bemorlarda koronavirusning turli asoratlari namoyon bo‘ladi. Ammo Covid-19 bilan xastalangan bemorlarga yurak, o‘pka faoliyatining ishdan chiqishi, shuningdek, ruhiyat bilan bog‘liq muammolar eng katta xavf tug‘dirishi mumkin.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026