Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada jamoat joylarida niqob taqmaganlar jarimaga tortiladi
Fransiyada 20 iyuldan boshlab yopiq turdagi jamoat joylarida, jumladan do‘konlarda niqob taqmagan fuqarolar 135 yevro miqdorida jarimaga tortiladi.
Le Parisien xabariga ko‘ra, tez orada mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran niqob taqish majburiy bo‘lgan jamoat joylarining aniq ro‘yxatini taqdim qiladi. Vazirlik mutaxassislari bu qoidani savdo markazlari, yopiq bozorlar, muzeylar, banklar, yopiq turdagi avtomobil turar joylarida joriy qilishni taklif etishgan.
Hozirgi vaqtda bunday jarima jamoat transportida niqob taqmaganlar uchun joriy qilingan. Boshqa holatlarda niqob taqish tavsiyaviy xarakterga ega.
Avvalroq Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks keyingi haftadan boshlab yopiq turdagi jamoat joylarida niqob taqish majburiy qilinishi haqida Senatda bayonot bergan edi. Bunga taalluqli Dekret qabul qilinganidan so‘ng, yopiq turdagi jamoat joylarida qo‘qqisdan reydlar o‘tkaziladi.
So‘nggi vaqtlarda Fransiyada Covid-19 bilan xastalangan bemorlar soni keskin darajada oshib ketdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, koronavirus yuqtirib olganlar soni 174 mingga yaqinlashgan. Ulardan 105 ming nafari shifoxonalarga yotqizilgan, 30 mingdan ortig‘i vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (1115000 so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026