Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denovda bir guruh shaxslar o‘g‘irlik jinoyati uchun sud oldida javob beradi
Holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 16 mart kuni soat 15:30da muqaddam bir necha marotaba sudlangan 19 yoshli V.A. o‘zining tanishlari 21 yoshli M.Y (ayol), 20 yoshli N.K. (ayol) va 40 yoshli F.M. (ayol) bilan jinoiy til biriktirib, Surxondaryo viloyati Denov shahar Chag‘aniyon ko‘chasida joylashgan dehqon bozoriga kelishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular fuqaro D.T. (ayol)ning qo‘lida bo‘lgan sumkasida puli borligini ko‘rishib, ushbu pullarni o‘g‘irlash maqsadida qulay vaziyat bo‘lishini kutib, uning ortidan kuzatib yurishgan va jinoyatni sodir etish uchun o‘zaro vazifalarni taqsimlab olishgan. Unga ko‘ra F.M., M.Y., N.K. va voyaga yetmagan S.G‘. D.T odamlar gavjum bo‘lgan joyga borganligidan foydalanib, uni har yonidan o‘rtaga olgan vaqtlarida, V.A. o‘zi bilan birga olib kelgan o‘tkir kesuvchi jism bilan D.T.ning sumkasini kesib, sumka ichida bo‘lgan jami 8.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, jinoiy sherigi M.Y.ga berib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor-qidiruv natijasida, jinoyatni sodir etgan shaxslarning barchasi ushlanib, ulardan 8.000.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha V.A. va boshqalarga ayblov e'lon qilinib, V.A.ga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qolgan ayblanuvchilarga esa qamoq bilan bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Mavzuga oid
14:45 / 11.05.2026
Denovdagi kurash musobaqasi qotillik bilan yakunlandi: taniqli polvon pichoqlab o‘ldirildi
14:37 / 25.01.2026
Surxondaryoda Tojikiston fuqarosi qarz uchun garovga olingani ma’lum bo‘ldi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026