Jahon | 18:19 / 20.07.2020
2105
2 daqiqa o‘qiladi

Keniyada komendantlik soatiga amal qilmagan senat qo‘mitasi raisi lavozimini tark etdi

 Jurnalistlar oldida chiqish qilgan senator o‘z harakati uchun keniyaliklardan uzr so‘ragan va koronavirusga qarshi kurashish qo‘mitasi raisligidan bo‘shashini e'lon qilgan.

Foto: AP Photo / Brian Inganga

 Keniyada koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha senat qo‘mitasi raisi komendantlik soati rejimini buzgani uchun lavozimini tark etdi. Bu haqda Star nashri xabar bermoqda.

 Xabarda aytilishicha, senator Jonson Sakaja va yana uch kishi tungi soat birlarda Kilimani rayonidagi bar yaqinida ichib o‘tirganida politsiya tomonidan ushlangan.

 Jurnalistlar oldida chiqish qilgan Sakaja o‘z harakati uchun keniyaliklardan uzr so‘ragan va koronavirusga qarshi kurashish qo‘mitasi raisligidan bo‘shashini e'lon qilgan.

"COVID-19 bilan bog‘liq qoidani buzganligim uchun javobgarlikni zimmamga olaman. Kechki to‘qqizdan keyin uyda emasdim. Hammamiz ham xato qilamiz", - degan u va boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun lavozimini tark etishini aytgan.

Senator shuningdek, sud oldida javob berishini ham aytgan. Unga jarima solinishi yoki qamalishi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid