Kunlik yangi holatlar miqdori ilk marta çorak milliondan ortdi.
Butun dunyo böylab 600 mingdan ortiq inson koronavirus qurboniga aylangan. Ularning deyarli törtdan biri AQŞ hisobiga töğri keladi.
Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, epidemiya boşlanganidan hozirgi kunga qadar umumiy hisobda 14,3 mln kişi yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olgan. Yangi şikastlaniş holatlarining aksar qismi AQŞ, Braziliya, Hindiston va Janubiy Afrikada kuzatilgan.
Sönggi bir kunda dunyo böylab 7360 kişi koronavirus qurboni böldi - bu 10 may sanasidan beri kuzatilgan eng köp kunlik ölim körsatkiçidir.
JSST bundan avvalgi kunlik ölim darajasi rekordini atigi bir kun avval qayd etgandi.
Britaniya yana karantinga qaytadimi?
Boş vazir Boris Jonson Covid-19'ning yangi tölqini yuzaga kelgan taqdirda butun mamlakat böylab navbatdagi karantin joriy etişni istamasligi haqida gapirdi.
Sunday Telegraph gazetasiga bergan intervyusida u mahalliy hokimiyatlar kuçlariga nisbatan işonçini ifodalagan va umummilliy lokdaun faqat öta oğir holatda joriy etilişini ma'lum qilgan.

Avvalroq Boris Jonson mamlakatning odatiy hayotga Rojdestvo bayramigaça qayta olişiga işonç bildirgandi.
Hukumat mahalliy boşqaruv organlarining yangi avj oliş holatini töxtatiş uçun öz hududida muayyan çeklovlar kirita oliş imkoniyatiga umid boğlamoqda. Mahalliy hokimiyat savdo-sotiqni töxtatiş, tadbirlarni bekor qiliş, parklar va boşqa jamoat joylarini berkitiş huquqiga ega.
Ayni vaqtda epidemiologlar boş vazirning nekbinligiga qöşilmayapti. Britaniya hukumatining boş ilmiy maslahatçisi Patrik Vallansning aytişiça, qişda mamlakat yanada jiddiy qiyinçiliklarga duç keladi va umummilliy karantinga yana ehtiyoj tuğilişi xavfi mavjud.
Seşanba kuni e'lon qilingan hisobotga köra, kelayotgan qişda Britaniyada koronavirusning ikkinçi tölqini taxminan 120 ming kişining hayotiga zomin bölişi mumkin va agar epidemiya eng yomon ssenariy böyiça rivojlansa raqam 250 minggaça özgarişi taxmin qilinmoqda.
Dunyodagi vaziyat: davlatlar karantinni qaytadan kuçaytirmoqda
Yangi holatlar soni köpaygan hududlar
AQŞda Covid-19'ning şiddatli avj olişi karantin joriy etilişi va niqob kiyiş majburiy etib belgilanişi uzoq vaqtdan beri ortga surib kelingan janubiy ştatlar - Florida, Texas va Arizonada kuzatilmoqda.

Florida hozirda AQŞda epidemiya öçoği bölib turibdi, u yerda 337 mingdan ortiq odam infeksiyalangan va koronavirus tufayli 5 mingdan ortiq ölim qayd etilgan.
Hindiston koronavirusning tasdiqlangan holatlari böyiça dunyoda uçinçi örinda bölişiga qaramay, olimlarning ogohlantirişiça, mamlakatda kasallikning pik davri hali ötib ketmagan va bu bir neça oydan keyin kuzatilişi mumkin. Kun davomida Hindistonda 35 mingga yaqin yangi şikastlaniş holatlari va Covid-19 bilan boğliq 670 ölim qayd etildi.
Ğarbiy Yevropa mamlakatlarining katta qismi virus tarqalişini nazorat ostiga olişni uddalamoqda, ular çegaralarni oçiş va biznesni davom ettirişda davom etmoqda.

Biroq, Ispaniyada mahalliylaşgan avj olişlar kuzatilyapti - ularning eng kuçlisi mamlakat şimolida, Kataloniyada. Uşbu hududda bir kunda 1000dan ortiq yangi bemorlar aniqlandi. Barselona va uning atrofidagi tumanlarning tört milliondan ortiq aholisi 15 kun davomida uyda qoladi.
Eron yangi bosqiçda: 25 million kişi virusdan zararlangan bölişi mumkin
YeIning iqtisodiy tiklaniş rejalari
Yakşanba kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari örtasida koronavirus epidemiyasidan zarar körgan iqtisodiyotni tiklaş böyiça keng kölamli rejalar muzokaralarining uçinçi kuni bölib ötmoqda.
Hozirda uşbu reja böyiça rahbarlar örtasida kelişuv mavjud emas. Italiya boş vaziri Juzeppe Konte muzokaralarni boşi berk köçada deb hisoblayotgan bir paytda Avstriya kansleri Sebastyan Kurs ular töğri yönalişda ketayotganiga işonmoqda.
Niderlandiya va Şvetsiya kabi nisbatan tejamkor davlatlar muhokama qilinayotgan 750 milliard yevro paket grant xarakterida emas, zayom bölişi kerak, deb ta'kidlamoqda. Muzokaralar yakşanba kuni davom etadi.













