• AQShning Kaliforniya shtatida barcha restoranlar, barlar, dam olish maskanlari, hayvonot bog‘lari va muzeylar yopildi.
  • Hindistonning Bangalor shahrida hukumat haftalik karantin joriy etdi.
  • Eron poytaxti Tehronda ham karantin yetti kun davom etadi. Universitetlar, maktablar, seminariyalar, kutubxonalar, go‘zallik salonlari, masjidlar, kinoteatrlar, teatr va muzeylar yopiq. Barcha madaniy-ko‘ngilochar va diniy tadbirlar vaqtincha bekor qilindi.
  • Hongkongda aholidan ijtimoiy masofani saqlash talab etilyapti. Ochilganidan bir oy o‘tgan «Disneylend» qayta yopildi. 
  • Marokashning Tanjyer shahrida karantin joriy etildi.
  • Janubiy Afrika Respublikasida komendantlik soati qayta amalda.
  • Kolumbiya poytaxti Bogotaning ba'zi hududlarida ikki haftalik karantin joriy etildi.
  • Avstraliyaning taxminan 5 million aholiga ega Melburn shahri olti hafta davomida karantinda bo‘ladi. Shahar joylashgan Viktoriya shtati qo‘shni bo‘lgan Yangi Janubiy Uels va Janubiy Avstraliya bilan chegaralarni yopgan.
  • Isroil va G‘arbiy Sohilda cheklovlar kiritilgan.
  • O‘zbekistonda karantin 10 iyuldan boshlab kuchga kirdi. U 1 avgustgacha davom etadi.

O‘zbekiston yana «qizil». Bugundan qat'iy karantin boshlandi

Do‘konga faqat niqobda
Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok Angliyada 24 iyuldan boshlab barcha do‘konlarga niqob taqqan holda borish talab qilinishini e'lon qildi. Rasmiylar shuningdek barcha jamoat joylarida niqob kiyishni tavsiya qilmoqda. 15 iyundan Angliyada jamoat transportidan, shu jumladan taksilardan faqat niqobda foydalanish mumkin. 

24 iyuldan Britaniyadagi do‘konlarga niqobsiz kelganlar 100 funtgacha jarimaga tortiladi / AFP

Do‘kon xodimlari ushbu qoidaga rioya qilmagan mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rad etish huquqiga ega. Faqat tibbiy sabablarga ko‘ra niqob kiya olmaydiganlar istisno qilinadi. Qoidabuzarlar uchun 100 funt (125 dollar) jarima belgilangan.