Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda qat'iy karantin yana ikki haftaga cho‘ziladigan bo‘ldi
20 iyul, dushanba kunidan boshlab Ozarboyjonning bir qator shaharlari va tumanlarida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘lik epidemiologik vaziyat tufayli qat'iylashtirilgan karantin yana ikki haftaga cho‘ziladigan bo‘ldi.
Sputnik Ozarboyjon radiosi xabariga ko‘ra, mamlakat vazirlar mahkamasi qoshidagi tezkor shtab vakili Shahmar Movsumov ko‘p muhokamalardan so‘ng hukumat shu qadamni bosishga «majbur» bo‘lganini aytgan.
«Karantin rejimi yana ikki hafta — 15 kunga uzaytiriladigan bo‘ldi», — degan u.
Qat'iylashtirilgan karantin poytaxt Boku, Sumgayit, Lenkaron, Mingachavir, Yevlax, Jalilobod, Ganja, Masalli shaharlari, Absheron, Go‘ranbo‘y, Go‘ygo‘l, Bardin, Xachmaz, Samux, Siyazan, Sheki tumanlarida amalda bo‘ladi.
Ish, xizmat ko‘rsatish va savdo sohalaridagi barcha faoliyat, shuningdek jamoat transporti va avtomobillarning harakati to‘xtatilgan.
Worldometer ma'lumotlariga ko‘ra, 19 iyul yakunlari bilan Ozarboyjonda COVID-19 bilan 27 521 kishi kasallangan, 354 kishi o‘lgan, 18 967 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:50 / 14.07.2026
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026