Tarixda ilk marta «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi o‘tkazilmaydi
France Football nashri 2020 yilda «Oltin to‘p»ni topshirish marosimini o‘tkazilmasligini e'lon qildi.
Jurnal buni sovrinni topshirish uchun adolatli sharoit yo‘qligi bilan izohladi.
«Oltin to‘p» sovrini 1956 yilda ta'sis qilingan va dastlab faqat Yevropa klublarida to‘p tepuvchi yevropalik futbolchilarga topshirilgan. Shu sababli ham uni Maradona va Pele singari mashhur futbolchilar qo‘lga kiritolmagan.
1995 yildan boshlab qoida biroz o‘zgargan va sovrin Yevropa klubida to‘p tepuvchi istalgan millatli futbolchiga beriladigan bo‘lgan. 2007 yilda esa qoidalar hozirgi ko‘rinishga kelgan va sovrinni dunyoning istalgan klubida to‘p tepuvchi, istalgan millatga mansub futbolchi olishi mumkin bo‘lgan.
2010 yilda «Oltin to‘p» sovrini bilan FIFAning «Yil futbolchisi» sovrini birlashtirilib, «FIFA Oltin to‘pi»ga aylantirilgan.
2016 yildan boshlab FIFA va France Football o‘rtasidagi hamkorlik bekor qilingan va sovrinni yana mashhur jurnal topshiradigan bo‘lgan.
France Football nashrining «Oltin to‘p»ini eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchilar Yohan Kroyff (Niderlandiya, 1971, 1973, 1974), Mishel Platini (Fransiya, 1983, 1984, 1985), Marko van Basten (Niderlandiya, 1988, 1989, 1992) va Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 2008, 2016, 2017) hisoblanadi – 3tadan. Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi hisobida 2ta sovrin bor (2009, 2019). Qayd qilish joizki, «FIFA Oltin to‘pi» (2010-2015 yillar) bo‘yicha alohida statistika yuritiladi.
Mavzuga oid
10:50 / 01.11.2024
France Football bosh muharriri Vinisius nega «Oltin to‘p» yutmaganini tushuntirdi
15:33 / 30.10.2024
Vinisiusning fanatlari nafratini Rodrining «adash»lariga sochishdi
16:30 / 29.10.2024
Egasini topgan «Oltin to‘p». Yoki «Real»ga nisbatan adolatsizlik qilindimi?
02:55 / 29.10.2024