Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida YPX inspektorlari tomonidan noqonuniy rangli metallar fosh etildi
Surishtiruv jarayonida avtomashinada umumiy og‘irligi 1510 kilogramm bo‘lgan rangli metall parchalari borligi aniqlandi.
Joriy yil 19 iyul kuni Toshkent viloyatining “Chinor” muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari kichik serjant J. Abdurahmonov va safdor Ya. Toshev tomonidan tekshirish uchun “ISUZI” rusumli transport vositasi to‘xtatildi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, transport vositasini ko‘zdan kechirish vaqtida avtomobilning yukxonasida qoplarga yashiringan alyumin parchalari borligi aniqlangan.
Haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan U.A.dan ushbu alyumin parchalarining hujjatlari so‘ralganda, hech qanday me'yoriy hujjatlar taqdim etmagan. Shundan so‘ng ushbu rangli metallar bilan birgalikda tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Ohangaron tumani IIBga topshirildi.
Surishtiruv jarayonida avtomashinada umumiy og‘irligi 1510 kilogramm (1,5 tonna) bo‘lgan rangli metall parchalari borligi aniqlandi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026