«To‘y ortidan aza kelib chiqmasin...» - Bosh vazir o‘rinbosari aholini karantinga rioya etishga chaqirdi
Bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev Sog‘liqni saqlash vazirligiga bildirilayotan tanqidlarga munosabat bildirdi.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi hech narsani eplay olmayapti, tizim xodimlari ishlay olmayapti, degan e'tirozlarni qilmaslikni iltimos qilardim. O‘zim koronavirus bemorlari davolanayotgan bir nechta kasalxonaga kirdim – shifokorlarning qanchalik fidokorona mehnat qilayotganiga guvoh bo‘ldim.
Bu soha xodimlarini asrash o‘zimiz uchun foyda. Ertaga agar ular ham zararlansa, hayoti xavf ostida qolsa, frontning old qatorida turgan mutaxassislardan ayrilib qolishimiz mumkin.
O‘zimizni o‘zimiz asraylik. Karantin menga ta'sir qilmaydi, deb o‘ylamaylik. Bironta hududda 30 kishilik to‘y bo‘lgani yo‘q. Kimni aldayapmiz? To‘yning ortidan aza kelib chiqish ehtimolini unutmaylik. Janoza tadbirlarini qisqartirish, eng yaqinlari bilan o‘tkazish haqida aytildi. Lekin bunga rioya qilinmagach, yana karantin normalarini qaytarishga majbur bo‘ldik», – dedi Musayev XPKning 20 iyuldagi sessiyasida.
Hukumat vakili, shuningdek, 1 avgustgacha belgilangan karantin cho‘zilishi ehtimoli haqida gapirar ekan, vaziyatdan kelib chiqilishi, ammo davlat rahbari tomonidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ishlashi kerak, degan talab qo‘yilganini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
16:28 / 23.09.2024
Behzod Musayev yangi lavozimga o‘tkazildi
16:19 / 23.09.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘zgardi
15:10 / 17.09.2024
“O‘zbek hamshiralari Germaniyaga 2200 yevro topgani jo‘natilmoqda” – Behzod Musayev
18:44 / 08.08.2024