Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda avtomobiliga o‘zboshimchalik bilan mayoqcha o‘rnatib olgan 21 yoshli yigit jazolandi
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi 21 yoshli yigit shaxsiy avtomobiliga mayoqcha o‘rnatib olgani uchun jazolandi. Unga qanday jazo tayinlangani ochiqlanmagan.
Foto: IIB axborot xizmati
20 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Xorazmlik shovvoz yigitni syurpriz kutmoqda» nomi ostida videolavha tarqaldi. Unda «Jyentra» rusumli avtomobiliga miltillovchi maxsus mayoqchani o‘rnatib olgan yigit tasvirlangan edi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB axborot xizmati.
Aniqlanishicha, bu yigit Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan, fuqaro A.X. bo‘lib, u 19 iyul kuni kechki paytda o‘zining boshqaruvidagi 90J711CA davlat raqam belgili «Jyentra» rusumli avtomashinasiga o‘zboshimchalik bilan miltillovchi mayoqcha o‘rnatgan va undan foydalanib, avtomobilini boshqarib yurgan.
«Bundan tashqari, videolavhada haydovchining boshqaruv paytida xavfsizlik kamaridan ham foydalanmagani aks etgan.
Shundan so‘ng, yo‘l-patrul xizmati inspektori 20 iyul kuni haydovchining yashash manziliga borgan va qoidabuzarlik yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma va ma'muriy bayonnomani rasmiylashtirgan. Shuningdek, avtomobilga o‘rnatilgan mayoqcha olib tashlanib, huquqbuzarlik bartaraf etilgan», – deyiladi xabarda.
Rasmiy axborotda fuqaroga qanday jazo tayinlangani ochiqlanmagan.
Ma'lumot uchun, MJtKning 127-moddasiga asosan, tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish — ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
09:42 / 29.01.2026
Xorazm hokimliklarida o‘rganish: 60 ga yaqin xodimning tadbirkorlik faoliyati aniqlandi
16:15 / 23.12.2025
Xorazmda tadbirkor undan ish so‘rab kelgan talaba qizga shilqimlik qildi
15:34 / 11.12.2025