Amerikaning Sabre kompaniyasi haqida köp narsa ma'lum emas, biroq Internet orqali aviaçipta rasmiylaştirgan inson uning bazasiga tuşgan bölişi ehtimoli katta. Uning XVIII asrdagi qonun asosida FQB bilan hamkorlik qilayotgani haqida ham ma'lumotlar kam, deb yozadi Forbes.
Öşa qonunga köra, Sabre rossiyalik Aleksey Burkov haqidagi axborotlarni FQBga bergan — u iyun oyida AQŞda 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Amerika çegara xizmati mamlakatdan çiqib ketayotganlar va mamlakatga kirib kelayotganlarni sinçiklab kuzatadi, şuningdek, bu insonlar haqida ulkan ma'lumot töplaydi. Biroq hokimiyatda sayohatçilarni kuzatiş borasida yana bir vosita bor, buni ularga Texasdagi unçalik maşhur bölmagan, lekin juda nufuzli Sabre kompaniyasi taqdim etadi.
Bu kompaniya butun jahonda sayohatçilar haqida ma'lumot töplaydigan uçta yirik taşkilotdan biri. Yuzlab aviakompaniyalar va mehmonxonalar uning dasturiy ta'minotidan foydalanadi. AQŞ hukumat tuzilmalari sayohatçilar töğrisidagi ma'lumotlarni sörab bir neça bor Sabre’ga murojaat qilgan. Eng kamida bir marta Amerika hokimiyati gumonlanuvçini real vaqt rejimida kuzatişni talab qilgan. Sabre sobiq xodimlarining aytişiça, kompaniya tomonidan yiğilgan ma'lumotlar — axborotlar xazinasi bölib, ulardan hattoki COVID-19’ning tarqalişini kuzatişda ham foydalaniş mumkin.
Sabre aksiyalari NASDAQ’da sotiladi, uning bozor qiymati — 2 milliard dollardan ziyodroq. Kompaniya özining ulkan ma'lumotlar bazasini qanday qilib qölga kiritganini anglaş uçun Amerikada turistik industriya endi tetapoya bölayotgan 1950-yillarga qaytiş kerak.
Öşa paytlar American Airlines aviakompaniyasining bronlaş xizmati xodimlari ustiga ulkan kartotekani eslatuvçi katta aylana stollar böylab ötirib olib, qönğiroqlarni qabul qilişar edi. Bunday kartotekalarda har bir muayyan bron, barça sotilgan joylar va uçiş vaqti haqidagi ma'lumotlar saqlanardi. Biroq inson omili tufayli ma'lumotlarda noaniqliklar köp edi: ayrim reyslarga samolyotdagi örindiqlar sonidan ortiqça çiptalar sotilar, boşqa reyslar esa aksinça, tölmay qolardi. Bu esa sayohatçilarni asabiylaştirardi.
Bronlaş tizimini yanada aniq va samarali qiliş uçun American Airlines IBM va Massaçusets texnologiya institutiga murojaat qilgan, ular ilk marta tezkor tarzda yangilaş mumkin bölgan bronlar ma'lumotlar bazasini yaratişgan. American Airlines bu tizimni Semi-Automated Business Research Environment deb atagan. Keyinçalik bronlaş tizimi qisqartirilgan Sabre nomi bilan yanada maşhurlaşdi. 1964 yilda u IBM kompaniyasining ikki EHMida ilk marta işga tuşirildi.
Tizim şu qadar samarali bölib çiqdiki, Sabre alohida kompaniya bölib ajralib çiqib, nafaqat American Airlines, balki boşqa kompaniyalarga ham xizmat körsata boşlagan. Bugun Sabre tizimida nafaqat aviaçiptalar haqidagi ma'lumotlar, şuningdek sayohatlar bilan boğliq barça narsa — mehmonxona nomerlarini bronlaşdan tortib, avtomaşinalarni ijaraga olişgaça bölgan ma'lumotlar yaşirin.
Qaçonlardir sayohat qilişga jazm qilgan har qanday kişi allaqaçon Sabre ma'lumotlar bazasidan örin olgan bölişi kerak. Bu tizim sayohatçilar yiliga 260 milliard dollar sarflaydigan, jahondagi jami bronlangan aviaçiptalarning uçdan bir qismini qayta işlaydi. Kompaniya ştati hajmi bu miqyosga hamohang — Sabre’da 9 mingdan ziyod kişi işlaydi.

Sabre’ning jahonda ikkita asosiy raqobatçisi bor — ispanlarning Amadeus tizimi va britanlarga tegişli Travelport. Bu katta uçlik butun jahondagi sayohatçilarning rejalari, ularning yönalişlari, turarjoyi va çiptasi narxi, bronlaşlari va ulama reyslari haqida ulkan ma'lumotlarga ega.
«Ular ulkan baza yaratişgan», deydi Sabre’ning Meksikadagi bölinmasi sobiq rahbari Gloriya Gevara. Hozir bu ayol Turizm va sayohat böyiça butunjahon kengaşiga (WTTC) rahbarlik qilmoqda. Gevara Sabre’da 1995 yildan 2010 yilgaça işlagan. Uning ta'kidlaşiça, öşa paytda kompaniya jahondagi ikki yirik ma'lumotlar bazasidan birining egasi bölgan.
«Muayyan sayohatçi qayerdan va qaysi reysda uçib kelganini aytiş mumkin edi. Uning samolyotdagi örnigaça aniq. Sabre tizimida şu ma'lumotlar saqlanardi», deydi 1994 yildan 2004 yilgaça kompaniyaning vitse-prezidenti bölgan Jim Menge.
AQŞ hukumatiga yordam
Sabre’ning AQŞ hukumati bilan aloqalari ançadan beri ma'lum. Kompaniyaning sobiq rahbarlari Kongressda körsatma bergan, prezidentning maxsus komissiyalari tarkibiga kiritilgan. Biroq, hamkorlikning maxfiy tomoni ham bor edi. 2001 yil 11 sentabr teraktlaridan söng AQŞ hukumat tuzilmalari kompaniyadan jiddiy jinoyatlardan tortib kiçik qoidabuzarlikda gumonlanayotgan insonlar ortidan ham kuzatişni iltimos qiladi.
AQŞ hukumati köp yillardan biri yirik telekommunikatsiya kompaniyalari va banklarga u yoki bu insonlarni kuzatişda yordam sörab murojaat qilib keladi. Masalan, telefon qönğiroqlarini eşitiş yoki inson pul yeçib olgan joyni aniqlab beriş. Banklar va telekommunikatsiya kompaniyalari bilan boğliq holatlarda amerikalik huquqni muhofaza qiluvçilar suddan bir neça turdagi orderlarni olişi kerak. Turistik sohada ular şunday yondaşuvni qöllab, aviakompaniyalar, otellar va turoperatorlarga alohida-alohida murojaat qilişlari mumkin edi. Biroq, Sabre va uning raqobatçilari şarofati bilan AQŞ hokimiyatida hamma muammolarni sudda bitta order oliş bilan yeçiş imkoniyati paydo bölgan.
Forbes’ga intervyusi davomida Gloriya Gevara va Jim Menge 2001 yilning 11 sentyabrida Butunjahon savdo markaziga hujum uyuştirilgaç, kompaniya hukumatga terrorçilarning harakatlanişi borasidagi axborotlarni olişda yordam bergan. Öşanda hokimiyatdagilar terakt sodir bölganidan söng Sabre’ga murojaat qilişgan. Biroq kompaniya hokimiyatga ma'lumotlarni ertaroq ham taqdim etişi mumkin. 2019 yil dekabrida FQB «real vaqt rejimi»da kiberjinoyatlarda gumon qilinayotgan odam haqida axborot berişni talab qilgan. Gap — kelib çiqişi hind bölgan Dipanşu Kher isli qoidabuzar haqida borardi. FQB Sabre xodimlari olti oy mobaynida «bu insonning real vaqt rejimida harakatlanişi töğrisida töliq va dolzarb ma'lumotlarni har hafta yetkaziş» talabini qöygan. Kompaniya gumondorning «barça bronlaşlari va tölangan tölovlari haqida ma'lumot»ni uzatib turgan.
Dipanşu Kher unçalik maşhurmas, u qandaydir kompaniyaning serverini buzgan va 5 ming dollarlik zarar yetkazgan. Hozir u uy qamoğida. Uni yanvarda uşlaşgan, u aybini inkor etib kelmoqda.
2015 yilda FQB aylanmasi 20 million dollar bölgan, bank kredit kartalarining öğirlangan raqamlari sotiladigan va xarid qilinadigan Cardplanet veb-saytiga rahbarlik qilgan Aleksey Burkovni kuzatiş vazifasini oladi. FQB Burkovni kuzatiş uçun nafaqat Sabre’ga, Britaniyaning Travelport’iga ham murojaat qilgan. Bu iş böyiça materiallarning katta qismi yopilgan. 2019 yil noyabrida Isroil Burkovni AQŞga ekstraditsiya qilgan, 2020 yil yanvarida u elektron firibgarlik, şaxsiy ma'lumotlarni öğirlaş, kompyuter tizimlarini buzib kiriş va pul yuviş böyiça aybiga iqror bölgan (Iyun oyi oxirlarida AQŞda Burkovga 9 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi).
Sabre avval ham uçta öxşaş holatda «hibsga oliş orderini amalga oşirişda yordam körsatiş» xizmatini amalga oşirgan.
«Noodatiy, hattoki ortiqça çoralar»
Forbes’ga intervyusi davomida huquqiy masalalar böyiça ekspertlar Dipanşu Kher işi xavotirlaniş uçun asos tuğdirişi, çunki bu holat bunday operatsiyalar qanday maxfiylik darajasida olib borilişini körsatib bergan.
Sabre va boşqa kompaniyalar bilan muzokaralari çoğida FQB 1789 yilgi «Barça da'vo arizalari va sud qarorlari töğrisida»gi qonunga asoslangan. Bu qonun uçinçi tomondan sud orderini bajariş uçun AQŞ hukumat tuzilmalariga yordam berişni talab qiliş imkonini beradi. Bu qonun 2016 yilda juda maşhur böldi, öşanda hokimiyat Apple’ni 2015 yilda San-Bernardinodagi jismoniy imkoniyati çeklangan insonlarga möljallangan markazda terakt uyuştirgan merganning iPhone’nini oçişga majburlamoqçi bölgan. Öşanda Apple buni rad etgan va hokimiyat haker yollaşga majbur bölgan.

Öşanda Apple manfaatlarini himoya qilgan advokat Mark Tsvillinger Sabre huquqni muhofaza qiluvçi organlarning «agenti»ga aylanib qolişi mumkinligidan ogohlantirgan. «Nazdimda, bu noodatiy va hattoki ortiqça çoralar. Men şundan taşvişlanmoqdamanki, endi hukumat tuzilmalari jinoyatçining harakatlarini kuzatuv ostiga oliş uçun mudom şu çoralarni qöllay boşlaydi», degan u.
Advokatning sözlariga köra, agar hokimiyat 1789 yilgi öşa qonunga işora qiladigan bölsa, ular uçinçi tomon iştirokisiz buni amalga oşiriş imkonsizligini isbotlaşi kerak. Dipanşu Kher bilan boğliq vaziyatda bunday zaruratni söroq ostiga oliş mumkin. Huquqni muhofaza etuvçilar uning AQŞga kirib kelişi haqidagi ma'lumotlarni çegaraçilar va bojxonaçilardan olişi mumkin bölgan.
1789 yilgi qonunning yana bir talabi — uçinçi tomon uçun «vazifa maqbulligi» ham savollar keltirib çiqaradi, deb davom etadi Tsvillinger. «Agar gap birgina holat haqida borayotgan bölsa, ehtimol, u qadar malol kelmas. Agar huquqni muhofaza qiluvçilar bot-bot bu çorani qöllay boşlaşsa, unda Sabre hukumatning öziga xos agentiga aylanadi», deydi advokat.
COVID-19 tarqalişi monitoringi
Sabre’ning qimmatli ma'lumotlar bazasidan yaqinda jinoyatçilarni tutiş emas, koronavirus tarqalişiga qarşi kuraşiş maqsadida foydalana boşlaşlari mumkin. FQB foydalangan öşa ma'lumotlardan COVID-19 pandemiyasi tarqalişini monitoring qilişda ham bemalol foydalaniş mumkin, çunki gap insonlarning butun dunyo böylab harakatlanişlari töğrisidagi aniq ma'lumotlar haqida bormoqda.
Masalan, Xitoyning Uhan şahridan Nyu-Yorkka neça kişi uçib kelganini, boşqa aeroportlarda ular qança reyslarga qayta ötirganini aniqlaş mumkin. «Xitoydan AQŞga qança odam uçib kelgani, ular Yaponiya, Tayvan, Havayi orollari yoki Guamda qayta ötirganmi-yöqmi, aniqlaş mumkin», deydi Jim Menge.
Sabre vakillari bunday rejalari yöqligini aytişgan
Maxfiylik tufayli, Sabre’ning AQŞ hukumati bilan aloqalari neçoğlik yaqinligi, Sabre tizimi «Barça da'vo arizalari va sud qarorlari töğrisida»gi qonunga asosan gumonlanuvçilarni kuzatişga neçoğlik tez-tez jalb etilgani borasida yanada köproq savollar tuğiladi.
Stenford universiteti Internet va jamiyat markazining kuzatuv va kiberxavfsizlik böyiça direktori örinbosari Riana Pfefferkornning aytişiça, AQŞ bu qonundan kompaniyalarni ma'lumotlar bilan bölişişga majburlaş uçun neçoğlik tez-tez foydalanganini heç kim bilmaydi. «Toki hukumat organlari orderlarni ijro etişga qarşilik körsatmayotgan kompaniyalarni maxfiy ravişda majburlaşda, sudlar esa hukumat xizmatlarining körsatmasi bilan order berişda davom etar ekan, biz buni bila olmaymiz», deydi Pfefferkorn.












