Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada rossiyalik ikki dengizchi 253 yilga qamaldi
Gretsiya sudi dengizchilarni mamlakatga noqonuniy migrantlarni olib kirish va boshqa jinoyatlarga aloqador deb topdi. Ular ayblariga iqror bo‘lishmadi.
Gretsiyada rossiyalik Konstantin Semyonov va Ivan Voznikovsev migrantlarni noqonuniy tashish, odam savdosi va chegarani noqonuniy kesib o‘tishdi ayblanib, ularning har biriga 253 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Gretsiyada bunday jinoyatlar uchun qamoq muddati ayblanuvchilar tashigan noqonuniy migrantlar sonidan kelib chiqib tayinlanadi. Semyonov va Voznikovsev bilan bog‘liq holatda 20dan ortiq migrant haqida so‘z borgan.
Ayblanuvchilar Turkiyaga ishlagani kelishgani, turistlarni tashish bilan shug‘ullanamiz deb o‘ylashganini aytishgan. Ularning qanday qilib sud oldida javobgar bo‘lib qolishgani haqida Xalqaro inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Rossiyadagi bo‘limi rahbari Ivan Melnikov quyidagilarni aytdi:"Ular dengizga chiqishgan, ammo yaxtasi bir necha marta buzilganidan keyin ish beruvchiga xabar qilishgan. Ish beruvchi ularga yordam jo‘natilishini aytgan, ammo yordam o‘rniga noqonuniy migrantlar o‘tirgan qayiqlar kelgan. Ish beruvchi dengizchilarga tahdid qilganidan so‘ng ular migrantlarni bortga olishga majbur bo‘lgan".
Ayblanuvchilar sudda ayblarini tan olmagan.
Mavzuga oid
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
18:05 / 13.07.2026
Lukashenko migrantlarni Belarusga jalb qilish shartlarini tushuntirdi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026