O‘zbekiston | 12:37 / 21.07.2020
2174
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elektron hukumatni rivojlantirish darajasi bo‘yicha reytingda pastladi

O‘zbekistonning elektron hukumatni rivojlantirish indeksidagi o‘rni ma'lum qilindi.

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston dunyo mamlakatlarining elektron hukumatni rivojlantirish darajasi bo‘yicha reytingida 6 pog‘ona pastladi. Bu haqda “Yuksalish” harakati xabar berdi.

BMTning elektron hukumatlarni taraqqiy ettirish darajasi bo‘yicha yangi sharhida (UN E-Government Survey) mamlakat 193 davlat orasida 87-o‘rinni egalladi.

Sharhning ikkinchi asosiy ko‘rsatkichiga ko‘ra, Elektron ishtirok etish indeksi (E-Participation Index, EPI)da O‘zbekiston 59-o‘rindan 46-o‘ringa ko‘tarilib, o‘z pog‘onasini 13ta punktga yaxshiladi. 0,80 indeksiga ega bo‘lgan mamlakat yuqori EPI darajasi yuqori davlatlar guruhiga kirdi. 

Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index, EGDI) uchta kichik indeksdan shakllanadi: 

telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi;
inson kapitali indeksi;
onlayn-xizmatlar indeksi.

Mavzuga oid