12:51 / 22.07.2020
10409

Joriy yil hujjat topshirgan imtiyozli abituriyentlar haqida ma'lumot berildi

Bugun, 22 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan abituriyentlarni ro‘yxatga olishning yakuniy tahlillariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qancha imtiyozli abituriyent hujjat topshirgani haqida ma'lumot berildi.

Davlat test markazi bergan ma'lumotga ko‘ra, 9 nafar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari, 6 nafar «Tarbiyachi» respublika tanlovi g‘oliblari, 3 nafar «Nihol» mukofoti sovrindorlari, 2493 nafar xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari hujjat topshirgan.  

Joriy yilgi imtiyozlilar orasida to‘liq davlat ta'minotidagi shaxslar 365 nafarni, Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar 14 nafarni, harbiy xizmatchilarning farzandlari (5 foizlik) 3133 nafarni, harbiy xizmatchilarning farzandlari (otasi (onasi) halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan) 130 nafarni, ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari (3 foizlik) 2 256 nafarni, ichki ishlar organlar xodimlari farzandlari (otasi (onasi) halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan) 49 nafarni, Temurbeklar maktablari bitiruvchilari 1029 nafarni tashkil etadi.

Shuningdek, So‘x tumani yoshlari uchun imtiyozga 2973 nafar talabgor hujjat topshirgan. Xotin-qizlar uchun 4 foizlik grantga esa hozirgacha 17970 nafar tavsiyanoma egalarining hujjatlari bazaga kiritilgan, lekin bu borada ishlar yakunlanmagan.

Bundan tashqari, 20 iyundan 20 iyulga qadar abituriyentlar tomonidan 8660ta hujjat chet tili sertifikati sifatida dasturga kiritilgan. Qayd etilishicha, bularning barchasi Davlat test markazi tomonidan tekshirib chiqilgan va 8079ta sertifikat o‘z tasdig‘ini topgan, 581ta sertifikat esa talabga javob bermasligi aniqlangan.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top