Bugun, 19 iyul kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva 4 foizlik qöşimça grant uçun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar sonini ma'lum qildi.

Vazirlik rasmiysining ta'kidlaşiça, 10 iyulga qadar 32 ming 98 nafar xotin-qizlar tavsiyanoma oliş maqsadida hududiy tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlariga murojaat qilgan. Murojaat qilgan xotin-qizlarning 22 ming 900 nafarining hujjatlari joylardagi Işçi guruhlari tomonidan örnatilgan tartibda qabul qilib olingan.

«9 ming 197 nafar murojaatga işçi guruhlar tomonidan şu kunning özida oğzaki tuşuntirişlar berilgan. 4 ming 272 nafar xotin-qiz tomonidan taqdim qilingan hujjatlar belgilangan mezonlarga töğri kelmagani uçun ularga rad etiliş asoslari körsatilgan xulosalar yuborilgan», deya ma'lumot berdi Saodat Boymirzayeva.

Qayd etilişiça, 18 ming 628 nafar xotin-qizga mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari tomonidan tegişli tartibda tavsiyanomalar berilgan.

Hududlar kesimida:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasidan — 1370 nafar;
  • Andijon viloyatidan — 1418 nafar;
  • Buxoro viloyatidan — 836 nafar;
  • Jizzax viloyatidan — 924 nafar;
  • Navoiy viloyaidan — 762 nafar;
  • Namangan viloyatidan 1898 nafar;
  • Samarqand viloyatidan 1833 nafar;
  • Surxondaryo viloyatidan 1681 nafar;
  • Sirdaryo viloyatidan 828 nafar;
  • Farğona viloyatidan 1901 nafar;
  • Toşkent viloyatidan 1142 nafar;
  • Xorazm viloyatidan 1325 nafar;
  • Qaşqadaryo viloyatidan 2027 nafar;
  • Toşkent şahridan 683 nafar xotin-qizga tavsiyanoma berilgan.

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar röyxati 17 iyul kuni Davlat test markaziga taqdim etilgan.